Xomashyo va tayyor mahsulotlarning
Download 0.55 Mb.
|
9-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- TANLANGAN TEXNALOGIK SXEMANING TAVSIFI…………...16 MATERIAL VA ISSIQLIK BALANSINI HISOBLASH…………….22 XULOSA…………………………………………………………………33
- Ammoniyli nitrat oʻgʻiti
MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………..….2 ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI………………..9 XOMASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLARNING FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARI…………………………………..13 TANLANGAN TEXNALOGIK SXEMANING TAVSIFI…………...16 MATERIAL VA ISSIQLIK BALANSINI HISOBLASH…………….22 XULOSA…………………………………………………………………33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................41 KIRISH So‘nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalda ro‘yobga chiqarish, eng avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishi zarurligini taqozo etmoqda. Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va tarmoq diversifikatsiya qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini kengaytirish maqsadida: 1. “O‘zkimyosanoat” AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 mlrd AQSh dollariga teng, shu jumladan 1,7 mlrd AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019 — 2030-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin:azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish; “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrotsellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimeviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plenkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klastyerlarini tashkil etish. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish;kimyo tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash. 3. “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va “O‘zkimyosanoat” AJ ulushlarini quyidagi tartibda sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: a) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan: “Samarqandkimyo” AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 39,65 foiz aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan “nol” xarid qiymatida; “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ ustav fondidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 51 foiz ulushini korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan bozor qiymatida; “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ ustav kapitalidagi 70,54 foiz davlat aksiyalari va “O‘zkimyosanoat” AJning 25 foiz aksiyalari — “Indorama” (Singapur) kompaniyasiga superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 100 foiz sof holda 63 ming tonnaga yetkazish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan 4,3 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish qiymatida; v) “Elektrkimyozavod” QK AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJning 26,14 foiz aksiyalarini — ochiq savdolarda bozor qiymatida; g) “Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi 25 foizgacha aksiyalar — dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) o‘tkazish asosida; d) quyidagilar orqali: “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJni aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirish va jamiyatning ustav kapitalining 51 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarini potensial investorlar mavjud bo‘lganda va tushgan mablag‘larni jamiyat investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda jalb etilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirgan holda ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutgan holda ochiq savdolarda bozor qiymatida sotish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zkimyosanoat” AJ uning tarkibidagi qayta tashkil etilgan tashkilotlarga tegishli yuridik shaxslarning 50 foiz va undan ortiq aksiyalariga egalik qilishga kirishishi yangidan xarid qilingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;ushbu qarorga muvofiq tarmoq korxonalarini qayta tashkil etishda tashkilotdan tashkilotga o‘tkaziladigan mulk, mulk huquqlari, shuningdek, aksiyalar, ulushlar va aktivlar hamda davlat aktivlarini sotishdan tushgan, shu jumladan “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga o‘tkaziladigan daromadlar qiymati yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, to‘lov manbaidan to‘lanadigan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlarga soliq hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi; Dehqonobod kaliy zavodi aksiyalarini potensial investorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yoki qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish orqali, shu jumladan ularga investitsiya majburiyatlarini yuklagan holda sotishdan tushgan mablag‘lar jamiyatning O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi oldidagi kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltiriladi;xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga o‘tkazilgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitallaridagi ulushlarni tasarruf etish ularning boshqaruv organlari qarorlari bilan amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mineral o‘g‘itlar narxlarining keskin o‘zgarishi xavfini hamda paxta xomashyosi va g‘alla qiymatiga ta’sirining oldini olishni hisobga olgan holda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan narxlarni shakllantirishning bozor mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, mineral o‘g‘itlarni sotib olish uchun birja savdolarida barcha ishtirokchilar (xaridorlar) uchun teng sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O‘zkimyosanoat” AJning ushbu qarorga 3-ilovada ko‘rsatilgan umumiy qiymati 85,1 mln AQSh dollari miqdoridagi, shu jumladan moliyalashtirish manbai sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga “O‘zkimyosanoat” AJ investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini optimallashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi hududiga TIF TN bo‘yicha 4011 va 4012 kodi bilan import qilinadigan avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalariga bojxona bojlarining aralash stavkasi joriy etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “2017 — 2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3236-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin. Ammoniyli nitrat oʻgʻiti – tarkibida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan organik hamda anorganik moddalar, oʻsimliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. 1914–1918 yillarda ammiakni havodagi azot va vodoroddan sintezlash sanoat miqyosida oʻzlashtirilganidan keyin kimyo sano-atida ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1940-yilda ishlab chiqarilgan. Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, Navoiy kimyo kombinatida asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoatining azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995-yilda 1012,1 ming t Azotli oʻgʻitlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). azotli oʻgʻitlar organik (goʻng, torf, kompost), mineral (ammiakli selitra, ammoniy sulfat, mochevina va suvli ammiak) hamda koʻkat oʻgʻitlar (lyupinning koʻk massasi, seradella va boshqalar)ga boʻlinadi. azotli oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Azotli oʻgʻitlar noqoratuproq zonada, oʻrmonli dasht zonaning nam joylari va sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vo-sita hisoblanadi. Oʻsimliklar koʻpincha azotning mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlash-tiradi. Mineral azotli oʻgʻitlarda azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amidli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Bu oʻgʻitlar tarkibidagi azotni oʻsimliklar oson uzlashtiradi va uning ta’siri tez bilinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida qoʻllaniladigan. Azotli oʻgʻitlarning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi.Ammiakli oʻgʻitlarga (azot NH3 shaklida) ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammi-ak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.Ammiakli – nitratli oʻgʻitlar (azot NH3 va NO3‾ shaklida) – bularga ammiakli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu oʻgʻit ta’sirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali boʻladi.Nitratli oʻgʻitlarga (azot NO3‾ shaklida) natriyli, kalsiyli, kaliyli selitralar kiradi. Nitratli oʻgʻitlar fiziologik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega boʻlgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi.Amidli oʻgʻitlarga (azot NH2 sha-klida) mochevina (karbamid), mochevi-na-formaldegidli oʻgʻitlar kiradi. Sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina azotli oʻgʻitlar ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. Azotli oʻgʻitlar me’yori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning bioxususiyatlari, tuproqqa solinadigan organik oʻgʻitlar miqdori va boshqalarga bogʻliq. Vqoʻllaganda oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bogʻliq. Dala sharoitida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatadiki, azotli oʻgʻitlar ni qoʻllanganda paxta hosili gektariga 13,5–15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gektariga 37,4–39,8 s boʻlishi uchun paxta dalasiga gektariga 250–300 kg sof azot miqdorida oʻgʻit solish zarur.Biz azotli oʻgʻitlardan ammoniy selitrasi haqida ma’lumot beramiz hozirgi kurs ishimizda. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilguncha faqatgina Chili selitrasi — NaNO3 qishloq xo‘jaligida 0‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan.Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NH2)2CO, kalsiy sianamid — Ca(CN)2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi. Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi. Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli o‘g‘itlar haqida so‘z yuritiladi. Ammmoniyli va nitratli tuzlarning ko‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o‘simliklarga yaxshi o‘zlashadi (ayniqsa, NO3- ning tuproqda xarakatchanligi yuqori bo‘ladi). Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI Ammoniy nitrat (NH4)2NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bo‘lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi: N2+2H2=2NH3 Ammiak sintezi issiqlik effekti, harorat va bosimga bog‘liq, bo‘ladi.Odatda past bosimli (10-15 MPa), o‘rta bosimli (25-30 MPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Harorat esa 400-500°C oralig‘ida bo‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi. Amaliy ishlab chiqarishda o‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A12O3, K2O va CaO) lar ishtirokida olib boriladi. Kontakt jihozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bo‘ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Hozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez kolonnalari ishlatilmoqda. Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi.Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O + 907,3 kj 2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi: 2NO+O2=2NO2+124kj 3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi: 3NO2 + H2O = 2HNO3 + NO + 136,0 kj Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va o‘z guruxidagi metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi. Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°C dan yuqorida), ammiak erkin xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos: 4 NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O + 1269,1 kj Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bo‘lish unumini 98% gacha etkazish mumkin. Jarayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700-800°C xaroratda, yuqori bosim esa 800-900°C xaroratda olib boriladi. Xavo — ammiak aralashmasida 1,25 mol O2 ga 1 mol NH3 berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot oksidining miqdorini oshirish uchun amalda O2 ; NH3 miqdoriy nisbati 1,7-2,0 oralig‘ida olinadi. Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3-4)*10 Pa bosimda, NO ni oksidlash va NO2 ni suv bilan absorbillash jarayonlari esa (8-12)* 10 Pa bosimda va odatdagi xaroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga ko‘tarish orqali 60-62% li nitrat kislotasi olish mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling