Xomashyo va tayyor mahsulotlarning
Rasm: NIF jixozi: (H-10 m)
Download 0.55 Mb.
|
9-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm: Kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozi H-16m (08X22H6T)
Rasm: NIF jixozi: (H-10 m):
1-pastki neytrallagich qobig‘i (f-1,6 m); 2-reaksiya stakani (F=1.2 m); (H=4.3 m); 3-titanli ammiak purkagich; 4-nitrat kislota purkagich; 5-girdoblagich; 6-reaktor kobigi; 7-qalpokli tarelka; 8-to‘rli tomchi tutgich. Reaktor qismida qobiq 1 ning ichida reaksiya stakani 2 (F=1,2 m, H = 4,3 m) bo‘lib, ostida teshiklari bo‘ladi. Reaktor ostiga titan purkagich 3 va 4 orqali ammiak va nitrat kislotasi purkaladi. Purkagich teshigida ammiak oqimining tezligi 30-50 m/sek bo‘ladi (3 mm diametli 6650 ta teshik bor). Nitrat kislotasining oqim tezligi esa 2-3 m/sek ga etadi (purkagichda 1,5 mm diametrli 2160 ta teshik bor). Hosil bo‘lgan NH4NO3 eritmasidagi ma’lum miqdor suv reaksiya issiqligi ta’sirida bug‘lanadi. Natijada ko‘taruvchi kuch hosil bo‘ladi va bug‘-suyuq, emulsiya girdoblagich 5 orqali reaksiya stakani yuqorisiga sochiladi. Buning natijasida bug‘-suyuq aralashma o‘zaro ajraladi. Ajralgan suyuqlik jixoz qobig‘i va reaksiya stakani orasidagi tirqish orqali reaktor tubiga tushadi. Stakanga uning ostki teshigidan kiradi (tirqishda ham bug‘lanish davom etadi). Reaksiya muxitida reagentlar juda qisqa muddat (0,5-1 sek) bo‘lishi sababli nitrat kislotasi va ammoniy nitratning parchalanishi hamda ularning erkin azot xolatida yo‘qolishi juda oz bo‘ladi. Jixozning yuqori qismida separator 6 bo‘lib, tomchili bug‘ 0,6 m/sek tezlikda ko‘tarilib, to‘rtta barbotaj qalpoqli tarelkali 7 da yuviladi. pastidagi 2 ta tarelkada nitrat kislotasi bilan kislotaligi oshirilgan 20-25 % li hosil bo‘lgan NH4NO3 eritmasi yordamida bug‘ ammiakdan yuviladi. Yuqoridagi ikkita tarelkada esa tomchili bug‘ kondensati yordamida hosil bo‘lgan HNO3 bug‘i va NH4NO3 eritmasi tomchilaridan yuviladi. Tomchilardan tamomila xoli bo‘lishni qaytargich 8 da amalga oshiriladi. YUvindilar NIF ga qaytariladi. Rasm: Kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozi H-16m (08X22H6T): 1-qobiq.-quvurli qism; 2-konsentratsiyalash qismi (F-2,8m, H-6m); 3-teshikli tarelkalar; 4- issiqlik kiritish quvurlari (F-28m, H-6,4m); 5-tozalash qismi; (F-3,81); 6-turli tomchi qaytargich; 7-teshikli tarelkalar. NIF da olingan ammoniy nitratning konsentrlangan (-90%) eritmasini kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozida bug‘latib bu tuzning suyuqlanmasi olinadi (5-rasm). Bu jixoz 08X22H6T markali po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, uning umumiy balandligi 16 m tashkil etadi va asosiy qobiq-quvurli (F= 2,8 m, H = 6,4m) qismi NH4NO3 eritmasini bug‘latishga xizmat qiladi. Eritma unga quvurlarning ichki devoridan oqib tushadi. Issiqlik manbai sifatida foydalaniladigan 1,3-1,5 MPa bosimli bug‘ni quvurlararo bo‘shliqqa beriladi va issiq (180°C) xavo quvurlar ichida tomayotgan eritmaga qarshi yuboriladi. Xavo esa jixozning konsentratsiyalovchi qismi 2 (F=2,8 m, H-6 m) ostidan kiradi va unda joylashgan 5 ta teshikli (elakli) tarelkalar 3 dan o‘tib boradi. Konsentrlash qismining yuqorisidagi uchta tarelkalarida issiqlik beruvchi ilonizi quvurlar bo‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda xavoning namligi 20 g/kg dan oshmasligi lozim. Konsentrlash qismidan xarorati 175-185°S bo‘lgan 99,7% li NH4NO3 suyuqlanmasi oqib tushadi. Jixozning yuqori tozalovchi qismi 5 da (F=3,8m) ikkita teshikli (elakli) tarelka 7 lar bo‘lib, yuqorisidagi tarelka kondensat bilan, ostki tarelka esa ammoniy nitrat eritmasi bilan yuvilib turadi. Ular kirayotgan NH4NO3 eritmasini qisman bug‘latish va bug‘-xavo aralashmasini yuvishga xizmat qiladi Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling