Xomashyo va tayyor mahsulotlarning
Rasm: Akustik donadorlagich
Download 0.55 Mb.
|
9-2
Rasm: Akustik donadorlagich:
1-korpusi; 2-soplo; 3- plastinka; 4-turli filtr; 5-teshikli tebranuvchi taglik. Sovutgichdan o‘tgan mahsulotning harorati yoz faslida 40-50°C, qish faslida esa 20-30°C bo‘ladi. Donadorlash va sovutish jarayonlarida selitraning namligi yana 0,10,15% ga kamayadi. Tayyor mahsulotda 99,8% NH4NO3 bo‘ladi. Agar atmosfera xavosining namligi 60% dan yuqori bo‘lsa, uni isitgichlar 23 orqali yuboriladi. Mahsulot polietilen yoki 3-4 qavatli qog‘oz qoplarga joylashtirilib tiqiladi va omborga yuboriladi. Minoraning yuqori qismidan xavo oltita skrubber 18 ga tushadi. Unda NH4NO3 changlari va ammiak 20% li ammoniy nitrat eritmasi bilan yuviladi va ventilyator 19 yordamida atmosferaga chiqariladi. Bundan tashqari bu skrubberlar orqali bug‘latgich jixozidan yuvgich 7 orqali o‘tgan gazlar va neytralizator skrubberi 8 dan o‘tgan gazlar ham o‘tadi.Minoradagi qotish jarayonida kristallar 1-shakldan 11-ga, sovitgichdagi qotish jarayonida esa II —> III —> IV o‘tish yuz beradi. Natijada mahsulotning solishtirma xajmi o‘zgaradi (III da II va IV dan kata, donachalar mustaxkam emas). Kristallarning II dan IV ga o‘tishini ta’minlovchi eng samarali usul eritmaga magniy nitrat (0,3-0,6%) qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda suyuqlanmadagi namlik 0,25% dan oshmasligi lozim. Natijada 50,8°C haroratda II ^ IV o‘tishni ta’minlash mumkin. Bu o‘tish tufayli mahsulotning solishtirma xajmi kichik bo‘lib, donachalarning mustaxkamligi oshadi.Jarayonning texnologik sharoiti material va issiqlik oqimlarini avtomatik boshqarish orqali yaratiladi. Bunda maxsuldorligi 56,8 t/soat bo‘lgan qurilmalarda 1 t donador ammiakli selitra (34,5% ) ishlab chiqarish uchun 0,213 t ammiak (100% li), 0,793 t nitrat kislotasi (100% li), 0,96 kDj bug‘ va 28,3 kvt/soat elektr energiyasi sarf bo‘ladi.Ko‘pincha texnik maqsadlarda kristallik xolatidagi ammiakli selitra ishlatiladi. Bunday kristallik xolatidagi ammiakli selitra barabanli kristallizatorlarda hosil kilinadi. Buning uchun 97,5-98,5% li NHNO3 suyuqlanmasi ichki qismi suv oqimida sovutiladigan barabanli kristallizator yuzasida kristallanib, mahsulot qirg‘ich yordamida qirib olinadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling