Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"
Geoaxborot tizimining ilmiy
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Xomidov M compressed
Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari 186 tumanlari yer resurslari va davlat kadastri xizmati faoliyatida joriy etish maqsadida ishlab chiqildi. 6.6. Yer-axborot bazasi uchun kadastr raqamlarini shakllantirish Davlat yer hisobi ma’lumotlari asosida yer uchastkalariga kadastr raqamlari beriladi. Raqamli kadastr kartasini tuzish yer-axborot ma’lumotlarini yagona tizimga solishda katta ahamiyatga ega. Bunda har bir yer uchastkasi alohida kadastr raqamiga ega bo‘ladi. Kadastr raqami yer uchastkasi, bino va inshootga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni takomillashtirishda beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi. Yer uchastkasiga kadastr raqamining berilishi undan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga kadastr raqamlarining berilishi ularni ro‘yxatga oluvchi organlarning yer uchastkalariga, imorat va inshootlarga yagona kodlash tizimi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22- yanvardagi «Jismoniy shaxslarga egalik huquqi tegishi uchun imorat va inshootlarni inventar baholash ishlari olib borilishi haqida»gi 35-sonli qaroriga binoan amalga oshiriladi. Yer uchastkasi yagona obyekt hisobida bo‘lgan davrda kadastr raqami o‘zgarmaydi va saqlanib qoladi. Yer uchastkalarining chegaralarini tasvirlash va holatini hisobga olish uchun 1:2000 dan 1:25000 gacha bo‘lgan davlat standartlarida qabul qilingan masshtablarda kadastr kartalari yuritiladi. Kadastr kartalarida yer uchastkalarining kadastr raqamlari ham huquqiy rasmiylashtiriladi. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari, odatda shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning ma’muriy chegaralariga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy chegaralar o‘zgarganda kadastr bo‘yicha bo‘linish sxemasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish yer uchastkasi ko‘chmas mulk obyekti sifatida shakllantirilgan va uning chegaralari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling