Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"
Geoaxborot tizimining ilmiy
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Xomidov M compressed
Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari 189 o‘nlik son; FFFF – yer uchastkasi doirasida bino yoki inshootlarni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nlik son; GGGG – bino yoki inshootlar bir qismining raqamini bildiruvchi uch razryadli o‘nlik son. Kadastr raqamlarining shakllanish variantlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkalari misolida berilgan (8.3-jadval). Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkasining kadastr raqami 11:05:01:01:02:0003:0008:016. Bunda: 11 – mintaqa raqami; 05 – Qibray tumani raqami; 01 – kadastr zonasining raqami; 01 – kadastr massivi raqami; 02 – kadastr mavzesi raqami; 0003 – kadastr mavzesi chegarasidagi yer uchastkasining raqami; 0008 – yer uchastkasi chegarasidagi bino va inshootlarning raqami; 016 – bino, inshootlar bir qismining kadastr raqami (asosiy bino va inshootlarda). Bino yoki inshootning kadastr raqami ular joylashgan yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino yoki inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro‘yxatga olish, yangi kadastr plan-kartalarini tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari o‘zgartirilmaydi. Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling