«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


-Mavzu: SURUNKALI ASEPTIK YALLIG‘LANISHLARNI DAVOLASHDA KUYDIRISH USULLARINI (TERMOKAUTERIZASIYA) QO‘LLASH


Download 228.51 Kb.
bet19/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

5-Mavzu: SURUNKALI ASEPTIK YALLIG‘LANISHLARNI DAVOLASHDA KUYDIRISH USULLARINI (TERMOKAUTERIZASIYA) QO‘LLASH.


Darsning maqsadi. Kuydirish (termokauterizasiya) turlari, ularni qo‘llash va davolovchi ta’sir mexanizmi to‘g‘risida, talabalarni tanishtirishdan iborat.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar.Qaychi, sovun, sochiq, bint, issiq mato, nuqtali va tasmali termokauterlar, 10%li qizil simob malhami, Vishnevskiy balzamli malham va surunkali yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. Darsning birinchi soatida o‘qituvchi kuydirish usullari, ularni qo‘llash va uning hayvon organizmiga ta’sir mexanizmi to‘g‘risida tushuntiradi, darsning ikkinchi soatida talabalar 3-4 ta kichik guruhlarga bo‘linib, bu usullarni hayvonga qo‘llab o‘rganadilar.
Kuydirish - xirurgik aralashishning bir usuli bo‘lib, veterinariya xirurgik amaliyotida boshqa davolash usullari ijobiy natija bermagan pay, pay qinlari, bog‘lamlar, suyak qobiqlarining surunkali kasalliklarda va buzoqlarda shox o‘simtasi o‘sishini oldini olishda qo‘llaniladi. Kuydirish qon oqishni to‘xtatishning boshqa usullarini qo‘llashning iloji bo‘lmaganda, yomon sifatli o‘smalar va fungozli granulyasiyalar, zaharlangan jarohatlarni davolashda ham qo‘llaniladi.
Surunkali kasalliklarda kuydirish usullarini qo‘llash yallig‘lanishni o‘tkir shaklga o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, keyinchalik bu manbaga oziqlanish va patologik to‘qimalarning so‘rilishi yaxshilanadi.
Suyak kasalliklarida, deformasiyalangan artrozlarda, termokauterizasiya, bo‘g‘imlarda ankiloz rivojlanishiga yordam beradi, oqibatda hayvon harakatlanganda og‘riq sezuvchanlik kamayadi, ba’zi bir hayvonlarda ish qobiliyati tiklanadi.
Kuydirish turlari. Yuzaki, chuqur va kirib boruvchi kuydirishlarga bo‘linadi.
Yuzaki kuydirishdaissiqlik qizdirilgan terining o‘rta qatlamlarigacha ta’sir qiladi. Bu usul pay, pay qinlari surunkali yallig‘lanishlarida, fibrozli periostitda va teri osti surunkali bursitlarida qo‘llaniladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling