Yelka kamari muskullari
Reja:
Yelka muskullari
Bilak muskullari
Yuza qavat muskullari
Chuqur qavat muskullari
YELKA KAMARI VA YELKA MUSHAKLARI. BILAK MUSHAKLARI VA FAASIYALARI. QO’L KAFTI MUSHAKLARI. QO’L KAFTINING PAY QINLARI. ULARNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI.
Yelka kamari muskullari (48, 49-rasmlar) yelka bo‘g‘imi atrofida joylashgan bo‘lib, ko‘krak va orqa muskullar ishtirokida yelka bo‘g‘imini harakatga keltiradi.
Deltasimon muskul (m. deltoideus) uchburchak shaklida bo‘lib, o‘mrov suyagining tashqi (lateral) yarmidan, kurak suyagining qirrasi (spina scapulae) va acromion bilan tumshuqsimon o‘siq (processus coracoideus) dan boshlanadi, yelka suyagi boshining ustini qoplab o‘tib, suyakning deltasimon g‘adir-buduri (tuberosiras deltoidea) ga yopishadi. Deltasimon muskul bilan tuberculum majus humeri orasida bursa subdeltoidea joylashgan.
F u n k s i y a s i. Muskulning oldingi tutamlari qisqarsa, qo‘lni old tomonga va yuqoriga tortadi, orqa tutamlari qisqarsa, qo‘l orqaga va yuqoriga tortiladi. Muskulning o‘rta tutamlari yoki hamma tutamlari bir vaqtda qisqarsa, tanadan qo‘l
uzoqlashib, yelka baravar ko‘tariladi. Qo‘lning bundan ham balandga ko‘tarilishi kurak suyagining burilishi hisobiga bo‘ladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. axillaris (CV–VI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa humeri posterior, a. thoraco acromialis.
Kurak qirrasi usti muskuli (m. supraspinalis) kurak qirrasi ustidagi chuqurcha (fossa supraspinata) dan boshlanib, yelka suyagining katta do‘mbog‘iga yopishadi. Bu muskul qalin fascia supraspinata bilan qoplanadi.
F u n k s i y a s i. Qo‘lni tanadan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. suprascapularis (CV–VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circimflexa scapulare, a. suprascapularis.
Do'stlaringiz bilan baham: |