Tumshuqsimon-yelka muskuli (m. coracobrachialis) kurak suyagining tumshuqsimon o‘sig‘i (pracessus coracoideus) dan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Yelkani ko‘taradi va buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. musculocutaneus (CV–VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. circumflixae humeri anterior et posterior.
Yelkaning orqa tomonidagi muskullar. Yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps brachii) yelka suyagining orqa tomonida joylashgan bo‘lib, uning uzun boshi (caput longum) kurak suyagi bo‘g‘im yuzasi ostidagi g‘adir-budur (tuberculum infraglenoidale) dan, lateral boshi (caput laterale) yelka suyagining orqa yuzasi lateral qismidan, medial boshi (caput mediale) yelka suyagining orqa yuzasi medial qismi sulcus n. radialis ning pastrog‘idan boshlanib, tirsak suyagining tirsak o‘sig‘i (olecranon) va tirsak bo‘g‘imining xaltachasiga birlashadi. Muskul payi bilan tirsak o‘sig‘i orasida – bursa olecrani (sinovial xalta) joylashgan.
F u n k s i y a s i. Bukilgan bilakni yozadi. Muskulning uzun boshi esa yelkani yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa humeri posterior, a. profunda brachii, aa. collateralis ulnares superior et inferior.
Tirsak muskuli (anconeus) kichik uchburchak shaklida bo‘lib, yelka suyagining pastki qismidagi lateral g‘adir-budur tepacha (epicondylus lateralis) va lig. collaterale radiale dan boshlanib, tirsak suyagining orqa yuzasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bilakni yozadi, tirsak bo‘g‘imi kapsulasini tortib, uni suyaklar oralig‘ida siqilib qolishdan saqlaydi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. interossea recurrens.
Uning uzun boshi (caput longum) kurak suyagi bo‘g‘im yuzasi ostidagi g‘adir-budur (tuberculum infraglenoidale) dan, lateral boshi (caput laterale) yelka suyagining orqa yuzasi lateral qismidan, medial boshi (caput mediale) yelka suyagining orqa yuzasi medial qismi sulcus n. radialis ning pastrog‘idan boshlanib, tirsak suyagining tirsak o‘sig‘i (olecranon) va tirsak bo‘g‘imining xaltachasiga birlashadi. Muskul payi bilan tirsak o‘sig‘i orasida – bursa olecrani (sinovial xalta) joylashgan.
F u n k s i y a s i. Bukilgan bilakni yozadi. Muskulning uzun boshi esa yelkani yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa humeri posterior, a. profunda brachii, aa. collateralis ulnares superior et inferior.
Do'stlaringiz bilan baham: |