rasm. Qo‘lning yuza (teri osti) fassiyasi.
1–m.
pectoralis major; 2–fascia axillaris; 3–fossa axillaris; 4–m.
triceps brachii; 5–sulcus bicipitalis
medialis; 6–v. basilica; 7–epicondylus medialis; 8– fascia antebrachii; 9–m. flexor carpi ulnaris; 10–m.
flexor digitorum superficialis; 11–m. palmaris longi payi; 12–m. palmaris brevis; 13–aponeurosis palmaris; 14–thenor; 15–m. flexor carpi radialis; 16–m.
brachioradialis; 17–aponeurosis m. bicipitis brachii (fascia Pirogowi); 18–m. bicips brachii; 19–fascia brachii; 20–v, cephalica; 21–sulcus deltoidea pectoralis; 22–m. deltoideus.
Kichik yumaloq muskul (m. teres minor) kurak suyagining lateral qirrasi va kurak osti chuqurcha fassiyasidan boshlanib, yelka suyagining katta do‘mbog‘iga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Yelkani tashqi tomonga aylantiradi. Yelka bo‘g‘imi kapsulasini tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. axillaris (C
V) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa scapulae.
Katta yumaloq muskul (m. teres major) kurak qirrasining pasti va
pastki burchagidan boshlanib, yelka suyagining kichik do‘mbog‘i (crista tuberculi minoris) g‘adir-buduriga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Qo‘lni pastga va orqaga tortib, tanaga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. subscapularis (C
V–
VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa scapulae.
Kurak osti muskuli. (m. subscapularis) kurakning qovurg‘alarga
qaragan yuzasidan boshlanib, yelka suyagining kichik do‘mbog‘i (tuberculum minus) va yelka bo‘g‘imi xaltachasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Yelkani ichkariga buradi va bo‘g‘im xaltachasini tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. subscapularis (C
V–
VII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. subscapularis.