Yelka muskullari Bilak muskullari


Panjani bukuvchi yuza muskul


Download 167 Kb.
bet6/7
Sana08.02.2023
Hajmi167 Kb.
#1176938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YELKA KAMARI VA YELKA MUSHAKLARI. BILAK MUSHAKLARI VA FAASIYALARI. QO’L KAFTI MUSHAKLARI. QO’L KAFTINING PAY QINLARI. ULARNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI.

Panjani bukuvchi yuza muskul (m. flexor digitorum superficialis) yelka suyagining medial g‘adir-budur do‘mboqchasi (epicondylus medialis), tirsak suyagining tojsimon o‘sig‘i (processus coronoideus) va bilak suyagining yuqori qismidagi old yuzadan boshlanadi. Kaftdagi muskul payi to‘rtta alohida paylarga ajralib, II–V barmoqlarga yaqinlashadi. Har qaysi pay o‘z navbatida ayrisimon ikkita payga bo‘linib, barmoq suyaklaridan ikkinchisining ikki yoniga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarganda II–V barmoqlar bukiladi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVIVII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. radialis, a. ulnaris.




rasm. Bilakning yuza qavat muskullari.
1–epicondylus medialis; 2–m. pronator teres; 3–m. flexor carpi ulnaris; 4–m. palmaris longus; 5–m. flexor digitorum superficialis; 6–fascia antebrachii; 7–m. palmaris brevis; 8–hypothenar; 9–aponeurosis palmaris; 10–fasciculi transversi; 11–thenar; 12–m.abductor pollicis longi payi; 13–m. flexor pollicis longus; 14–m. flexor digitorum superficialis; 15–m. flexor carpi radialis; 16–m. brachioradialis; 17–aponeurosis m.bicipitis brachii (fascia Pirogowi); 18–m. biceps brachii payi; 19–m. brachialis; 20–m. biceps brachii.

CHUQUR QAVAT MUSKULLARI


Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor pollicis longus) bilak suyagining old yuzasi, yelka suyagining medial g‘adir-budur do‘mboqchasidan boshlanib, kaftda retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) tagidan o‘tib, bosh barmoqning ikkinchi barmog‘i suyagi asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVIVII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. radialis, a. interossea anterior.
Panjani bukuvchi chuqur muskul (m. flexor digitorum profundus) shu nomli yuza muskul ostida joylashib, tirsak suyagining oldingi va medial sathi hamda suyaklararo pay pardadan boshlanib, bilakning o‘rtasida to‘rtta alohida payga bo‘linadi. Panjani bukuvchi yuza muskul paylari va bilak kanalidan o‘tib barmoqlarga borganda II–IV barmoqlarning tirnoq falangasi suyaklariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni va kaftni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris, n. medianus (CV–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. ulnaris, a. radialis.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling