«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet31/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Patologik granulyasiya.
Jarohatlarda patologik granulyasiyaning 2 ta turi uchraydi.
1. Gidremik granulyasiya qo‘yidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi.
a) ta’sirlangan, katta donador, qizil rangda bo‘lib qon oqib turadi.
b) yallig‘langan granulyasiya – nekrozlangan yaralar, kuchli shish.
v)fungozli – zamburug‘simon jarohat teri ustidan granulyasiya o‘sib ketishi, ular ilviragan, qo‘ng‘ir-malla, ifloslangan-sariq, ko‘kimtir yengil qon oqadigan nekrozli, yemirilgan, suyuqligi sassiq, og‘riqli bo‘ladi.
2.Degidremik granulyasiya .
a) atonik kuchsiz ko‘rinadigan donador yoki oqargan, usti yupqa parda bilan qoplangan, teri chetlari nervnotrofik buzilishi natijasida yupqalashgan.
b) kallezli granulyasiya – silliq, paypaslaganda qattiq, tog‘aysimon, jarohat chetlari qadoqlashgan, kam miqdorda shilimshiq yiringli suyuqlik oqadi. Bunday jarohatlar ko‘pincha tananing harakatlanuvchi qismida joylashgan bo‘ladi.
Davolash. Dastlab keltirib chiqaruvchi sabablar o‘rganiladi. Birinchi davrida qo‘yidagi klinik belgilari kuzatiladi, infeksiya va yallig‘lanish rivojlanib, nerv markazlari qo‘zg‘aladi va modda almashinishi bo‘ziladi.Bu davrda qo‘yidagi davolash ishlari amalga oshirilishi kerak:
1. Infeksiyani bostirish.
2. Giperergiyadan chiqarish va modda almashinishini yaxshilash uchun 0,25%li novokain qon tomiriga yuboriladi va 10 % li natriy bromid yoki aminazin teri ostiga yuboriladi .
3. Organizmga mikroblarga qarshi aktiv antibiotiklar yuborish.
4. To‘liq xirurgik ishlov berish, drenaj, osmoterapiya.
Qo‘yidagi omillar ta’sirida uzoq bitmaydigan jarohatlarning ikkinchi davri rivojlanadi.
1. Gidrotasiya fazasining yomon kechishi
2. Trofikasining buzilishi
3. Jarohatda alkaloz yoki asidozning kuchli bo‘lishi oqibatida patologik granulyasiya o‘sishi.
4. Stafilokokk, ichak va ko‘k yiring tayoqchasi bilan ifloslanish.
5. Granulyasiyaning keng deffekti.
6. Epitelial qatlamning regenerativ xususiyatining pasayishi.
7. Jarohatning yot moddalar bilan to‘xtovsiz ifloslanishi.
8.Suyak sekvestrlari, modda almashinuvining buzilishi, gipo va avitaminozlar, alimentar oriqlash.
Davolashda novokain qamali, ishqorli terapiya, atonik bo‘lsa charvi qo‘yib bog‘lash, baliq moyi, Vishnevskiy malhami, parafinli applikasiya yoki oksidlochi terapiya, ultrabinafsha nurlar, darsonvalizasiya qo‘llaniladi. Kuchli chandiq hosil bo‘lgan bo‘lsa uni to‘liq kesib olib tashlash kerak, so‘ngra granulyasiyaning modda almashinishi yaxshilovchi, stimulyasiya qiluvchi moddalar qo‘llaniladi.
Epitelizasiyani stimulyasiya qilish uchun 0,25-0,5% li kumush nitrat eritmasi (lyapis) 1-2 % li rezorsiyaning spirtdagi yoki suvdgi eritmasi, 0,25-1 % li pikrin kislotasi (70 % li spirtda), 0,5-1% li salisil kislotasi, kseroformli malham va rux-salisil kislotasi qo‘llaniladi.

194. Rp.: Tricillini 6.0


D.S. Toza va yallig‘langan jarohatlarga,
yiringli-nekrotik o‘choqlarga esa xirurgik ishlov
berilgandan keyin sepish uchun.
#
195. Rp.: Jodoformii
Norsulfasoli solubilis aa 10.0
Penicillini
Streptomycini sulfatis aa 1 000 000 ED
M.D.S. Jarohatlarga anaerob va chirituvchi o‘choqlarga
esa xirurgik ishlov berilgandan keyin sepish uchun (M.V. Plaxotin).
#
196. Rp.: Natrii salicylatis 10.0
D.S. Jarohatga ozroq va ochiq yiringli-nekrotik o‘choqlarga sepish uchun.
#
197. Rp.: Acidi borici 7.0
Jodoformii 2.0
Streptocidi albi 1.0
M.f. pudrae
D.S. Toza tasodifiy, otilgan jarohatlarga, osteomiyelit,
bo‘g‘in, pay qini jarohatlariga xirurgik ishlov
berilganidan keyin sepish uchun (M.V. Plaxotin).
#
198. Rp.: Acidi borici 4.5
Jodoformii 2.0
Norsulfazoli solubilis 1.0
Natrii salicylatis 2.0
Novocaini 0.5
M.f. pudrae
D.S. Yumshoq to‘qima, bo‘g‘in va suyak jarohatlariga qisman
va to‘liq xirurgik ishlov berilgandan keyin sepish uchun
(M.V. Plaxotin).
#
199. Rp.: Acidi borici 6.0
Jodoformii 2.0
Sulfasoli 1.5
Kalii permanganatis 0.5
M.f. pudrae
D.S. Tuyoq jarohatlarida chirigan va nekrozga uchragan
o‘choqlarni kesib tashlagandan keyin sepish uchun.
#
200. Rp.: Calcii sulfatis
Carbonatis lingi aa 500.0
M.F. pulvis
D.S. Ochiq sinishlardagi jarohatlarda va
osteomiyelit bo‘shliqlariga xirurgik ishlov berilgandan
keyin sepish uchun.
#
201. Rp.: Furacilini 0.2
Novocaini 2.5
Aquae destillatae. Sterilis 1000.0
M.F. Solutio
D.S. Toza tasodifiy va otilgan jarohatlarni,
kuygan joylarni, anatomik bo‘shliqlarni yuvish
va drenajlarni hullash uchun.
#
202. Rp.: Sol. Rivanoli 1:500-1:1000 -200.0
Novocaini 1.0
M.F. Solutio
D.S. Jarohatlarni, kuygan joylarni, anatomik
bo‘shliqlarni yuvish va drenajlarni hullash uchun.
#
203. Rp.: Sol. Sulfacyli solubilis 10-20% - 100.0
D.S. Jarohatlarni va infeksiya asoratidan kelib
chiqqan yiringli-nekrotik o‘choq va yaralarni yuvish uchun
#
204. Rp.: Sol. Diasidi 1:8000 q.s
D.S. Toza va yallig‘langan jarohatlarni yuvish,
drenaj va antiseptik vanna uchun.
#
205. Rp.: Jodinoli 200.0
D.S. Jarohat, oqma, yallig‘langan yaralarni yuvish,
drenajlarni ho‘llash va applikasiya uchun.
#
206. Rp.: Natrii hydrocarbonatis 4.0
Aquae destillatae 80.0
Spiritus jodati 10% - 20.0
Magnesii sulfatis 80.0
Glycerini 280.0
Inf.Sol. Digitalis ex 6.0-100.0
D.S. V.M. Olivkov suyuqligi. Jarohat
va yiringli bo‘shliqni drenajlash uchun.
#
207. Rp.: Ammonii bicarbonatis 20.0 (40.0)
Aquae destillatae 1000.0
M.f. Solutio
D.S. Drenajlash, jarohat va yiringli-nekrotik
o‘choqlarni xirurgik ishlov bergandan keyin uzoq vaqt
yuvish uchun.
#
209. Rp.: Sapo viridis 50.0
Aquae fontani coctae 1000.0
M.D.S. Jarohatni uzoq vaqt yuvish va ishqorlash uchun
#
210. Rp.: Saponis medicatus 50.0
Aquae fontani coctae 1000.0
M.D.S. Jarohatni uzoq vaqt yuvish va ishqorlash uchun
#
211. Rp.: Magnesii sulfatis 100.0 (200.0)
Natrii sulfatis 100.0 (200.0)
Aquae destillatae 1000.0
M.f. Solutio
D.S. Yiringli jarohatni va yiringli-nekrotik
o‘choqlarni ochgandan keyin uzoq vaqt yuvish va drenajlash uchun.
Qo‘llashdan oldin 400 gacha qizdiriladi.
#
212. Rp.: Urae puri 50.0 (100.0-150.0)
Aquae destillatae 1000.0
M.f. Solutio
D.S. Yiringli jarohatni va yiringli-nekrotik o‘choqlarni ochgandan keyin uzoq vaqt
yuvish va drenajlash uchun. Qo‘llashdan oldin 400 gacha qizdiriladi.
#

  1. Rp.: Succusi gastricus naturalis equini 50.0

Aquae destillatae 10.0 (20.0)
Glycerini 5.0
M.D.S. Jarohat va yaralarni yuvish va ularda qo‘llaniladigan drenajlarni ho‘llash
uchun. Bunda o‘lgan to‘qimalarning ajralishi tezlashadi.
#

  1. Rp.: Acidi hydrochloridi puri diluti 18.0

Pepsini 20.0
Glycerini 5.0
Aquae destillatae 1000.0
M.f. Jarohat, yaralarni yuvish va drenajlarni ho‘llash uchun. (Fedorovich).
#

  1. Rp.: Trypsini cristallisati 2.0-5.0

Sol.Novocaini 0.5% - 100.0
M.f. solutio
D.S. Jarohatlarning birinchi davrida va trofik yaralarni o‘lgan to‘qimalarni
ajralishini tezlashtirish maqsadida yuvish va drenajlarni ho‘llash uchun.
#

  1. Rp.: Chimotrypsini cristallisati 2.0-5.0

Sol. Novocaini 0.5% - 100.0
M.f. solutio
D.S. Jarohatlarning birinchi davrida va trofik yaralarni
o‘lgan to‘qimalardan ajralishini tezlashtirish
maqsadida yuvish va drenajlarni ho‘llash uchun.
#
233.Rp.: Chimopsini 0.25-0.5
Sol.Novocaini 0.25% - 100.0
M.f. solutio
D.S. Jarohatlarning birinchi davrida va trofik yaralarni
o‘lgan to‘qimalardan ajralishini tezlashtirish
maqsadida yuvish va drenajlarni ho‘llash uchun.
#
234.Rp.: Synthotrypsini (Necrolisini) 50.0
D.S. Jarohatga yuborish va drenajlarni ho‘llash uchun.
O‘lgan to‘qimalarni ajralishini tezlashtiradi
va regenerasiyani yaxshilaydi (M. Kamayev).
#
235.Rp.: Lidasi 0.1
Sol.Novocaini 0.5% - 20.0
M.f. solutio
D.S. Chandiq hosil bo‘lgan va o‘zgargan to‘qimalarga 1-2 ml
inyeksiya qilish uchun.
#
236. Rp.: Ronidasi 10.0
D.S. Uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlarda atonik granulyasiya
va kuchli chandiq hosil bo‘lganda qo‘llash uchun.
Fiziologik eritmaga ho‘llangan salfetkaga 0.5-1 ml
ronidaza tomiziladi va patologik o‘choq ustiga qo‘yiladi, muolaja 16-18 soatdan keyin takrorlanadi.
#
237. Rp.: Infusi Folii Populi alba ex 20.0-200.0
D.S. Jarohat, yara va kuyishlarni yuvish va drenajlash uchun.
#
238. Rp.: Infusi Folii Eucalypti ex – 30.0-100.0
D.S. Jarohatlarni xirurgk ishlov berguncha va undan keyin
yuvish va drenajlash uchun (M.A. Aliyev, A.S. Gavshin).
#
239. Rp.: Tinct. Allii sativi 1:5- 20.0
D.S. Sarimsoq damlamasi. Jarohatni yuvish uchun.
#
240. Rp.: Alliicepi 50.0
D.S. Jarohatni yuvish uchun. Buning uchun toza maydalangan
piyoz olinib, jarohatga xirurgik ishlov berilgandan
keyin qo‘llaniladi.
#
241. Rp.: Sol. Imanini 0.5 – 1% - 100.0
M.f. Zveroboy preparati.
D.S. Toza, yiringli jarohatlarni, ikkinchi,
uchinchi darajali kuyishlarni, yaralarni va
yiringli-nekrotik jaryonlarni ochib yuvish uchun.
#
242. Rp.: Imanini 0.5 (1.0)
Aquae destillatae
Spiritus aethylini 960 – 50.0
M.f. solutio
D.S. Jarohat, kuyish, yelin yorilishlarini,
yaralarni davolash va abssesslarni ochish uchun.


Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling