«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Palpasiya (palpatio)
Ko‘rish (inspectio). Anamnez ma’lumotlari yig‘ilganidan so‘ng hayvonni umumiy klinik tekshirish, ko‘zdan kechirish usuli boshlanadi. Ko‘rik kunduzi tabiiy yoki sun’iy yorug‘likdan foydalanib o‘tkaziladi. Bu ish quyidagi tartibda o‘tkaziladi: avval hayvonning boshi, bo‘yni, so‘ngra ko‘krak qafasi, tana qismi, qorni, yelini, yorg‘oq, prepusiya, chanog‘i, oyoqlari qarab chiqiladi. Tananing juft qismlari taqqoslanib ko‘zdan kechiriladi, bu patologik uchoqda tashqi klinik belgilar kamroq kuzatilganda bajariladi. Umumiy tekshirish usullari hayvon harakatlanganda va tinch turgan holatida ko‘zdan kechiriladi. Uning holatiga (holsizlanish, qo‘zg‘alish), tana vaziyati, teri va shilliq pardalar holatiga va boshqa ayrim bir organ kasalliklaridan xabar beruvchi (oqsash, ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi ) yoki mahalliy o‘zgarishlarga (dermatit, ekzema, o‘sma, ko‘z shox pardasining xiralashishi, qalinlashishi) e’tibor berish kerak.
Ko‘rib tekshirish asosida zararlangan organ yoki shikastlangan tuqimaning o‘lchami, shakli, rangi va yuzasining holati (quruq, ho‘l, tekis, g‘adir-budir, qon bilan qoplanganligi, yiring, qora-qutir) oqsash (uning turlari) va boshqalar aniqlanadi. Kasal hayvonlar diqqat bilan kuzatilsa, kasallikning kechishi va klinik manzarasini bilib olish hamda diagnoz qo‘yish va samarali davolash vositalarini belgilash mumkin bo‘ladi. Palpasiya (palpatio) - qo‘l bilan paypaslab ko‘rish. Bu usul yordamida mahalliy harorat, og‘riq reaksiyasi, patologik o‘choqning joylashgan joyi, uningharakatchanligi va tarangligi, teri va teri osti kletchatkasining holati, arteriya pulsini, suyuqlik chayqalishi, g‘ijirlash va boshqa klinik belgilar aniqlanadi. Bunda patologik o‘choqdagi haqiqiy og‘riqni, suyakva paylardagi fiziologik reflekslardan ajrata bilishni o‘rganish lozim, aks holda uni og‘riq reaksiyasi deb adashish mumkin. Mabodo adashilsa, juft simmetrik organlar taqqoslanib tekshiriladi. Tuyoq kasalliklarini tekshirishda oddiy palpasiya bilan birgalikda, maxsus tuyoq qisqichidan ham foydalaniladi, bu esa og‘rik darajasini va joyini aniqlab olishga yordam beradi. Tekshirishda tuyoq qisqichini bir uchini tuyoq shox parda devoriga, ikkinchi uchini esa tuyoq tovoniga qo‘yib ular yaqinlashtiriladi. Agar shox pardada va chuqurda joylashgan to‘qimalarda patologik jarayonlar kechayotgan bo‘lsa, bosim ta’sirida og‘riq reaksiyasi kuzatiladi. Bunda hayvon oyog‘ini tortadi yoki oyoqning yuqori qismida joylashgan (yelka va son) mushaklarining qisqarishi kuzatiladi. Bundan tashqari otlarda maxsus tekshirish usullari: passiv harakat, shpat sinovi, tirsak sinovi va klin (pona) yordamida tekshirish usuli qo‘llaniladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling