«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet8/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Zond yordamida tekshirish. Hayvonlarda uchraydigan jarohat, tabiiy bo‘shliqlar va oqma kanallarini diagnostik tekshirish usuli hisoblanadi. Zond yordamida jarohat kanalining yunalishi, devori va tubining holati va yot jismning bor yoki yuqligi aniqlanadi. Zondlash uchun barmoq va metalldan yoki elastik jihozdan qilingan zondlardan foydalaniladi. Buning uchun zondlar to‘plami kerak: po‘latli (tuqimali, juyakli), ebonitli zondlar yordamida fistula va bo‘shliqlar tekshiriladi.
Zondlashda ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilish kerak. Ayrim hollarda oqma kanali, yiring bilan to‘lgan jarohat, qizilo‘ngach, oshqozon, siydik kanali va siydik pufagi, bachadon, yelin va burun yo‘llari albatta zond yordamida tekshirilishi kerak. Aseptik kechayotgan bo‘g‘im, pay qinlari, ko‘krak va qorin mintaqasi jarohatlariga, shuningdek toza otilgan jarohatlarga zond yuborish mumkin emas.
Zondlashning asosiy qoidalari: 1) Xirurg qo‘li, zond va zond ko‘llaniladigan joy dezinfeksiya qilinadi. 2) Tabiiy bo‘shliqlar yaqin bo‘lgan joylarga zond yuborishda juda ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda uning devori yorilib ikkilamchi yo‘l hosil bo‘ladi, bu esa xato diagnoz qo‘yishga sabab bo‘lib , infeksiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Perkussiya (percussio) - Plessimetr yordamida hayvon tanasini urib tekshirishdir. Bu ayrim hollarda kasal hayvonlarga kompleks diagnostik tekshirish usullari qo‘llanilganda yaxshi qo‘shimcha usul sifatida xizmat qiladi
Frontit, gaymorit va burun bushlig‘i o‘smalarini tekshirishda, shu bilan birga daba va tuyoq kasalliklari differensial diagnostikasida u keng qo‘llaniladi. Buning uchun barmoqlardan, perkussion bolg‘achalardan, tuyoq qisqichidan, tuyoq pichog‘i dastagidan va boshqalardan keng foydalaniladi.
Suyak sinishlarida perkussiya bilan bir vaqtning o‘zida auskultasiya ham fanendoskop asbobi yordamida amalga oshiriladi. Bunda singan suyakdan kelayotgan tovush, sog‘lom suyakdan kelayotgan tovushga taqqoslab tekshiriladi.
Auskultasiya (auscultatio) - (eshitib ko‘rish). Tananing ayrim qismlarida kechayotgan patologik jarayonlarda paydo bo‘lgan tovushlarni eshitib ko‘rish. Xirurgiyada auskultasiya ko‘proq toza tasodifiy cuyak sinishlarida, bo‘g‘im kasalliklarida, pay qini kasalliklarida (fibrinoz sinovit, tendovaginit, bursit) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, burun bo‘shlig‘ini (o‘smalarida), hiqildoq (stenoz), yorg‘oq shishlari, kindik, qorin devori (dabbalarida) va tashqi eshitish yo‘llari (suyuqlik chayqalishi) kasalliklarini diagnostik tekshirishda undan keng foydalaniladi.
O‘lchash. Bu usul yordamida patologik jarayonlar, ya’ni jarohatlar, o‘smalar ,shishlar, tuyoq nuqsonlari va deformasiyalaridagi o‘zgarishlar, ko‘z shox pardasining xiralashuvida, ularning katta-kichikligi o‘lchanadi. Bundan tashqari bu usul patologik jarayonning oqibatini aniqlashga ham imkon yaratadi, ya’ni tekshirish natijalariga qarab patologik jarayonning yaxshilanayotganligi yoki yomonlashayotganligi muhokama qilinadi. O‘lchashda oddiy lenta, zond, sirkul va bintdan foydalaniladi. Jarohatlarni o‘lchashda sellofan va qalamdan foydalaniladi. Bunda sellofan jarohat ustiga qo‘yilib jarohat chegaralari qalam bilan chiziladi, so‘ngra oldingi va keyingi chizilgan jarohat konturlari bir-biriga taqqoslanib jarohatning kichrayib yoki kattalashib borayotganligi va davolash muolajalarini samarasi aniqlanadi.
Hid. Og‘iz bo‘shlig‘ini (tish kariyesi) yoki suyaklarni (aktinomikoz, tuyok strelkasi raki va boshqalar) tekshirishda katta ahamiyatga ega. Tishlar kariyesga uchrab chiriyotgan bo‘lsa, emal moddasi yuqolib, qo‘ng‘ir yoki qoramtir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu vaqtda hayvonning og‘zidan qo‘lansa hid kelib turadi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling