Laboratoriya tekshirishlari. Diagnozni tasdiqlash va kasal hayvonning umumiy holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun qo‘llaniladi.
Tekshirish uchun, yiringli o‘choqdan mikroblarni aniqlash uchun yiring, differensial diagnoz uchun o‘smalar, parazitar kasalliklarni ajratish uchun teri bo‘lakchasi, organizmni reaktivligi, immunobiologik holati va regenerativ-tiklanish jarayonlarini aniqlash uchun jarohatdan tamg‘a, bo‘g‘imdan suyuqlik va organizmning himoya funksiyasini aniqlash uchun qon olinadi.
Diagnostik operasiya. Bu usul chuqurda joylashgan patologik jarayonlarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Buning uchun kuyidagi operasiyalar amalga oshiriladi:
1. Abssess, gematoma, limfoekstravazat, assit, plevrit, perekardit kasalliklarini bir –biri bilan qiyoslash uchun namunali (probali) teshiladi;
2. Burun va peshona bo‘shliqlarida o‘smalar bo‘lganda trepanasiya o‘tkaziladi;
3. Barmoqning chuqur bukuvchi payida nekroz, mokisimon chig‘irda yiringli bursit va tuyoq bo‘g‘imida yiringli artrit bo‘lganda tuyoq strelkasi bo‘ylab kesiladi;
4. O‘sma va onxoserkozga diagnoz qo‘yilganda biopsiya olinadi.
Diagnostik o‘tkazuvchan og‘riqsizlantirish. Bu usul asosan ot va yirik shoxli hayvonlar oyoq kasalliklarida hamda buqalar jinsiy a’zo kasalliklarida qo‘llaniladi.
Intraartikulyar (bo‘g‘im ichiga), intrasinovial (sinovial parda ichiga), intrabursal (bursa ichiga) og‘riqsizlantirish orqali patologik jarayonning joylashgan joyi oqsash holatiga qarab aniqlanadi. Og‘riqsizlantiruvchi novokain suyuqligi bo‘g‘im bo‘shlig‘iga va pay qiniga yuboriladi.
Novokain yuborilgandan keyin oqsashning yo‘qolishi yoki kamayishiga qarab patologik jarayon joylashgan joy aniqlanadi.
1.Rp.: Novocaini 1.0
Aquaedestillatae 20.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Diagnostik o‘tkazuvchan anal-
geziya uchun
#
2. Rp.: Novocaini 0.1
Sol. Rivanoli (1: 1000) 20.0
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Diagnostik o‘tkazuvchan
analgeziya uchun
|
3. Rp.: Sol. novocaini 6 % - 15.0
Sterilisetur!
D.S. D.S. Bursa pay qini va bo‘g‘imgayuborish uchun
#
4. Rp.: Sol. novocaini 6 % - 10.0 (15.0)
Penicillini 5000 (10000.0) ED
M.f. solutio. Sterilisetur!
D.S. Bursa pay qini va bo‘g‘imga yuborish uchun
|
Do'stlaringiz bilan baham: |