Xonalarni yoritish, quyosh nurlaridan himoyalash, shamollatish, ularga quyosh nurlari tushurish haqida ma’lumot bering ?


Download 414.63 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi414.63 Kb.
#1152352
1   2   3   4
Bog'liq
Xonalarni yoritish

Seysmik ta’sirlarga qarshilikni oshirish quyidagilarga asoslanadi: - seysmik yuklarga yaxshi bardosh beradigan ashyo va konstruksiyalar (metall, yog‘och, temirbeton, kuchaytirilgan g‘isht-tosh devor)lardan foydalanish;- inshootni yagona fazoviy sistema sifatida ishlashiga sharoit yaratib, seysmik yuklarni barcha yuk ko‘taruvchi elementlarga taqsimlanishini ta’minlash;- yig‘ma elementlarning ulanish yerlarini maksimal zo‘riqishlar zonasidan uzoqroqqa joylashtirib, barcha sistemaning yaxlitligi va birjinsligini taminlash;- zo‘riqishlarni elementlararo taqsimlanishini ta’minlay oladigan, ko‘p marotaba statik noaniq konstruksiyalarga keng o‘rin berib, konstruksiyalarning ayrim elementlarida noelastik deformatsiyalarni rivojlanishiga sharoit yaratish. Konstruksiya elementlarining hamda ulardagi birikmalarning kesimi ikkinchi qismga muvofiq seysmik ta’sirlar hisobi natijalariga qarab belgilanadi.
Konstruktiv tadbirlar, seysmik ta’sirlar hisobi natijalariga bog‘liq bo‘lmagan holda belgilanadi. Mazkur me’yorlarda ko‘zda tutilgan, seysmik ta’sirlarning hisobiy miqdori va konstruktiv tadbirlar, mazkur me’yoriy xujjatning 1.2. bandining talablariga ko‘ra binolarning zilzilabardoshligini ta’minlaydi. Zilzila chog‘ida shikastlanish darajasini kamaytirish uchun buyurtmachi bilan kelishilgan holda binoga ta’sir etadigan seysmik yukning miqdori oshirilishi mumkin.
35. Seysmik ta’sirlarga hisoblashda qanday ishlar amalga oshiriladi ?
SEYSMIK TA’SIRLARGA HISOBLASH.
Zilzilaviy hududlar uchun loyihalanadigan binolarning konstruksiya va zaminlari seysmik ta’sirlarni e’tiborga olgan holda. asosiy va alohida yuklarning jamlangan ta’siriga hisoblanadi. Yuk va ta’sirlarning asosiy jamlamasi (sochetanie) QMQ ning “Yuklar va ta’sirlar” nomli qismidan seysmik ta’sirlar e’tiborga olingan alohida jamlamalar esa mazkur hujjatdan aniqlanadi. Bunda hisobiy yuklarning qiymati mazkur me’yoriy xujjatning 2.1 jadvaldan olinadigan jamlash koeffitsientiga ko‘paytiriladi.
2.1 jadval

Yuk turlari

Jamlash koeffitsienti

Doimiy

0,9

Uzoq muddatli muvaqqat

0,8

Qisqa muddatli

0,5


Binolarni seysmik yuklar ta’sirini e’tiborga olib hisoblaganda butun ob’ektning ikkita chegaraviy holati ko‘rib o‘tiladi:

  • yuk ko‘tarish qobiliyatiga ko‘ra (CHX-1):

  • ekspulatatsion yaroqliligiga ko‘ra (CHX- 2).

2.3. Birinchi chegaraviy holatlar (CHX-1) bo‘yicha hisob, qurilish olib boriladigan maydonchada uyg‘onishi mumkii bo‘lgan maksimal zilzila kuchiga mos keluvchi, hisobiy seysmik yuk ta’siriga bajarilishi lozim.
Zilzilaning takroriylik davri binoning ekspluatatsion muddatidan kichik bo‘lsa, binolar ikkinchi chegaraviy holatlar (CHX-2) bo‘yicha seysmik yuklarning maksimal qiymati ta’siriga hisoblanadi.
Binoning ekspluatatsion muddati ma’lum bo‘lsa yoki zilzilalarning minimal takrorlanish davri 1-ilovaga ko‘ra binoning ekspluatatsion muddatidan katta bo‘lsa, u holda CHX-2 chegaraviy holatning mavjudligi hisobiydan 1 ball kichik bo‘lgan seysmik ta’sirga tekshirish orqali aniqlanadi.
Download 414.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling