Xonandalik san’atining O`zbekistonga kirib kelishi
Ovoz apparati akustikasi va ovozni akustik tuzilishi
Download 440.71 Kb.
|
1-modul. Xonandalik san atining O„zbekistonga kirib kelishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuylash pedagogikasi va uslubiyoti haqida
2. Ovoz apparati akustikasi va ovozni akustik tuzilishi
Musiqa sadolari olamida inson ovoziga juda katta o‘rin berilgan. Ovoz birinchi musiqa sozidir, u orqali inson o‘z xissiyotlarini bildira boshladi. Inson ovoz apparati orqali chiqayotgan barcha tovushlar - o v o z deyiladi. Ovoz - so‘zlashuvchi, kuylovchi, unsiz bo‘ladi. Inson qichqirishi, entikishi, turli tovushlarni o‘xshatishi mumkin. Tovush qaysi turda bo‘lmasin inson ovozimi yoki musiqa sozi tovushimi uni o‘rganish mumkin. Tovush harakatini - akustika fani o‘rganadi: akustika fanida tovush tebranish natijasi deb tushiniladi. Inson havo muhitida gapiradi va kuylaydi, shuning uchun ovoz tovushi - bu havo bo‘laklarini tebranishi uning to‘lqinsimon kuchayishi va pasayishidir. Musiqa sozlarida to‘lqinlar, ovoz hosil qiluvchi vazifasini biror bir jism: simlar, qisilgan lab bajaradi. Odam gapirayotganda uning ovozi havo yo‘nalishi bo‘ylab tashqariga chiqibgina qolmay, ichki a’zolarda, ham bosh va ko‘krakda tebranish hosil qilib tarqaladi. Odam ovozining manbai bu - ovoz pardalaridir, ularning harakati natijasida, tebranish hosil bo‘ladi va ovoz yangraydi. Xiqildoqda hosil bo‘lgan to‘lqinlar har tomonga tarqaladi: xiqildoq atrofidagi terilarga, havo yo‘li bо’yicha tepaga va pastga. Shunday qilib tovush qisman tashqariga chiqadi. Kuylash pedagogikasi va uslubiyoti haqida Har doim ijrolar davomida hissiy bezaklar bilan to‘ldirilgan harakatlarni ko‘rishimiz mumkin. Tovushlar, obrazlar ijrochiga ijro usuli haqida yo‘l ko‘rsatsa, texnik tomoni ularni ijroga tadbiq etishga yordam beradi, shuning bilan kuylash texnikasi musiqiy ijroning qanday bo‘lishini aniqlab beradi. Musiqani his qila olish tuyg‘usi, kuylash texnikasi bilan bir vaqtda rivojlanishi kerak. Texnika musiqiy material asosida qurilmog‘i kerak, qaysiki shogirdlarga tushunarli bo‘lishi lozim. O‘qituvchining vazifasi: o‘quvchida musiqani his etishni va artistik mahoratini rivojlantirish, musiqiy tilni tushunishga o‘rgatish, ularning ijodiy xayolini uyg‘otish. Musiqiy his, musiqiy fikrlash, ijodiy xayolni rivojlantirishda o‘quvchi uchun kerakli uslubni tanlash lozim. O‘quvchining ijrochilik fikrini ko‘rsata olishi uchun, o‘qituvchi kerakli yo‘lni topishi kerak bo‘ladi. Vokal o‘qituvchisi tarbiyasiga ko‘pincha bolalikdan musiqiy muhitda bo‘lmagan, shuning uchun musiqiy hissi rivojlanmagan o‘quvchilar keladi. Musiqiy tuyg‘uni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste’dodni ma’lum sharoitda o‘stirish mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda. Musiqani his eta olishning, ya’ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma’nosini idrok etishning - agar bu vazifaga to‘g‘ri yondoshilsa, barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush balandligini his etish, ritm, ladlar hissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni his etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning ma’nosini tushinishni o‘rganish mumkin. O‘qituvchining asosiy vazifalaridan, o‘quvchini musiqaning ma’nosini ochishga o‘rgatish, shuningek bu ishni musiqiy texnikani o‘zlashtirish bilan bir vaqtda olib borishi shart. Musiqa inson uchun istiroblar, hissiyotlar va obrazlar haqida so‘zlovchi til bo‘la olishi kerak. Bu o‘rinda dasturni to‘g‘ri tanlash lozim. Dasturni tanlashda avval oson tushiniladigan, keyinroq, sekin asta qiyinroq asarlarni tanlash maqsadga muvofiq. Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani hal etmoq lozim, bular: ijro apparatini qurmoq, ya’ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bu bosqichda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya’ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi. Download 440.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling