Xonqa tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 34 – son umumiy


Download 396.5 Kb.
bet2/2
Sana27.10.2020
Hajmi396.5 Kb.
#137092
1   2
Bog'liq
8 sinflar uchun huquq fanidan huquqi


Xonqa 2015 – yil

Mavzu: Huquqiy davlat
Darsning maqsadi:

O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlatda olib borilayotgan siyosiy iqtisodiy va ma’naviy sohadagi amalgam oshirilayotgan ishlar to’g’risida umumiy ma’lumot berish;


Ta’limiymaqsad:

O’quvchilarga huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqining ustivorligi to’g’risida hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo’linishi tamoyili asosida amalgam oshiriladigan ishlar to’g’risida umumiy ma’lumot berish.


Tarbiyaviy maqsad:

Huquqiy davlatni ahamiyati, boshqaruv davlatni ustivorligi, avzalliklari to’g’risida o’quvchilarda bilim malaka ko’nikma hosil qilish


Rivojlantiruvchi maqsad:

Ta’lim oluvchilarning huquqiy malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishni davom ettirish


Dars jihozi:

  1. 8 – sinf “O’zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi

  2. Normativ material:

  • O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi

  1. Doska, bo’r, flamasterlar, qog’oz

  2. Tarqatma materiallar


Tashkiliy qisim:

O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashib sinf ozodaligini ko’zdan kechiradi va navbatchilarni aniqlab sinf davomati so’raladi, sana so’raladi va yoziladi, mavzu, reja doskaga yoziladi va o’quvchilarning darsga tayyorgarli ko’zdan kechiriladi. Shu kunga oid yangiliklar so’raladi.


Darsning blok chizmasi:




Darsning borishi

Vaqti

1

Tashkiliy qisim

2 Daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

10 Daqiqa

3

Yangi mavzuning bayoni

15 Daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlah

10 Daqiqa

5

Uyga vazifa berish

5 Daqiqa

6

Darsni yakunlash

3 Daqiqa


O’tilgan mavzuni takrorlash

  1. Demakratiya so’zini ma’nosi nima?

  2. Siyosiy tartibot turlarini aytib bering?

  3. Davlat mehanizimi nima?


Yangi mavzuning bayoni:

REJA

  1. “Huquqiy davlat” atamasi haqida

  2. Davlatnni turlari

  3. O’zbekistonda hokimiyat tizimi

HUQUQIY DAVLAT” ATAMASI HAQIDA

Huquqiy davlat - huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.

Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub’yektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.



Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:

  1. Huquqning ustuvorligi.

Mamlakatdagi barcha shaxslar — fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro bo‘lmagan shaxslar, hammasi qonun talablariga bo‘ysunadilar. Bunda, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.

  1. Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.

Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda manfaatlari oliy qadriyat ekanligi.

  1. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati.

  2. Hokimiyatning qonuniyligi.

Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat ho­kimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.

  1. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi.

Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida taqsimlanadi.

  1. Sudning mustaqilligi.

Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga bo‘ysunadi.

  1. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi.

Davlat inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak;

  1. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat.

Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va ularga rioya qilishda namoyon boladi.

  1. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi.

DAVLATNNI TURLARI

  1. Etatik;

  2. Huquqiy davlat.

  3. Oraliq turi

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 32- modda

1. Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasi davlatning qanday turigaxos deb o‘ylaysiz?

2. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari huquqiy davlatning qaysi xususiyatlariga mos keladi?

Etatik davlatda:

  1. qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;

  2. davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat’iy cheklab qo‘yadi;

  3. davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi;

  4. davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi.

Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo‘la oladi.

Davlatning uchinchi oraliq turi ham mavjud bo‘lib, u ushbu ikkala davtat xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu davlatlarning ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga. Ba’zilari esa huquqiy davlatga yaqin tursalarda, ayrim jihatlari bilan farqlanadilar.

Etatik davlatlarga totalitar va avtoritar davlat tizimiga ega bo‘lgan davlatlar, huquqiy davlatlarga esa faqat taraqqiy topgan va rivojlanishning yuksak darajasiga yetgan davlatlar kiradi

O’ZBEKISTONDA HOKIMIYAT TIZIMI

O’zbekistonda hokimiyat tizimi 3 guruxga bo’linadi



    1. Qonun chiqaruvchi

    2. Ijro etuvchi

    3. Sud hokimiyati

Davlat hokimiyati vakolatlari manashu uchchala hokimiyat o’rtasida taqsimlanadi

Darsni mustahkamlash:

  1. Huquqiy davlatni asosiy belgilarini sanab bering.

  2. Qanday davlat etatik davlat deb ataladi.

  3. Davlatni oraliq turi deeganda qanday davlatni tushinasiz.

  4. Huquqiy davlatda davlat hokimiyati vakolatlari qanday taqsimlanadi?




  1. O’quvchilar bilimini baholash




  1. Uyga vazifa berish

O’zbekiston Respublikasida fuqorolik jamiyatining asoslari mavzusi bilan tanishib kelish. O’tilgan mavzuni takrorlash
Darsni yakunlash
Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling