Xorazm dostonchilik maktabi


Download 15.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.82 Kb.
#225169
Bog'liq
baxshichilik maktablari


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda ikkita – Bulung‘ur va Qo‘rg‘on baxshichilik maktablari mavjud edi. Bu maktablarda asosan epik san’at rivojlangan bo‘lib, ulardan davrining buyuk ijodkorlari – Fozil Yo‘ldosh va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yetishib chiqqanlar.

Bulung‘ur maktabi vakillari asosan «Alpomish» kabi qahramonlik eposlarini kuylashgan bo‘lsa, Qo‘rg‘on maktabida asosiy e’tibor romantik dostonlarga qaratilgan. Tabiiyki, dostonlarning mazmun-mohiyati ta’sirida doston kuylash usullari ham turlicha bo‘lgan. Jumladan, bulung‘urlik baxshilar asarni o‘ta an’anaviy va arxaik bir tarzda kuylashgan bo‘lsa, qo‘rg‘onlik ijodkorlar kuylash usullarida badiiy rang-baranglik va poetik jimjimadorlik yetakchi o‘rin tutgan.



Keyingi maktab vakillari ijro etgan dostonlarda arab va fors-tojik adabiyotlaridagi obrazlar, o‘zbek xalq kitoblaridagi syujetlar ham uchraydiki, bu narsa avvalambor Qo‘rg‘on baxshilarining maktab yoki madrasa ta’limidan yaxshigina xabardor bo‘lganligidan, ijrolari yozma adabiyot ta’siriga uchraganligidan dalolat beradi.

Xorazm dostonchilik maktabi — baxshilik sanʼati markazlaridan biri. Xorazm dostonchiligida mavjud epik asarlar Oʻzbekistonning boshqa yerlaridagi oʻzbeklar orasida tarqalgan dostonlardan mazmuni, uslubi, kompozitsiyasi, obraz yaratish prinsiplari bilan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabim.da ogʻzaki va yozma adabiyot anʼanalarining oʻzaro ijodiy hamkorligi sezilarli. Badihagoʻylik asosiy rol oʻynamaydi, musiqa yetakchilik qiladi. Koʻp hollarda aytuvchi qoʻlida dostonning qoʻlyozma matni boʻladi. Xorazmda epik asarlar 3—5 kishidan iborat baxshi ansambllari tomonidan ijro etiladi. Baxshi dostonni dutorda (keyinchalik tor ham ishlatila boshladi) kuylaydi, unga gʻijjakchi, bulamonchi joʻr boʻladi. Xorazm dostonlarida qahramonlarning histuygʻularini, ichki kechinmalarini nazm orqali, sarguzashtlarni nasr orqali bayon etish qatʼiy tartiblashgan. Doston kuylashdan oldin baxshi ansambli "Peshrav", "Muxammasi ushshoq" kabi biror kuy chaladi, soʻng didaktik xarakterdagi qoʻshiq kuylanadi. Doston tugagach, "Toʻyingdan qaytsin" kuyi ijro etiladi. Xorazm dostonchilik maktabim.da asar ichki boʻgʻiz tovushda emas, balki ochiq ovozda ijro etilishi bilan ham boshqa dostonchilik anʼanalaridan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabim.ning yirik vakillari: Suyav baxshi (19-asr), Jumanazar baxshi, Ahmad baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Bola baxshi, Xudoybergan Oʻtagan oʻgʻli, Ollobergan baxshi, Murod baxshi, Boltaboy baxshi, Jumaboy baxshi, Qodir sozchi va boshqa Ular repertuarida "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlari, "Oshiq Gʻarib", "Oshiq Maxmud", "Oshiq Oydin", "Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun", "Tulumbiy" kabi dostonlar mavjud. Yana Q. Xorazm mussha uslubi.
Download 15.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling