Xorazm III asrda Xorazmda bir nechta mahalliy hokimliklar mavjud bo’lgan III asr o’rtalarida
Download 195 Kb.
|
qo'llanma
7 – SINF O’ZBEKISTON TARIXI I. BOB – O’RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI V asrning o’rtalari - obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi XORAZM III asrda Xorazmda bir nechta mahalliy hokimliklar mavjud bo’lgan III asr o’rtalarida – Qang’ davlatidan dastlab Xorazm ajralib chiqdi Milodiy 305-yilda – xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Tuproqqal’adan Kat shahriga ko’chiradi Xorazmda hukmronlik qilgan sulolar (xorazmshohlar): Agrig’iylar sulolasi – IV asrdan – X asrga qadar (995 yillar) Ma’muniylar sulolasi – 995-1017-yillar Oltintoshlar sulolasi – 1017-1040-yillar Anushtaginlar sulolasi- 1040-1231-yillar XIONIYLAR DAVLATI IV asrning 70-yillaridan- V asrning ikkinchi yarmiga qadar – O’rta Osiyoda xioniylar hukumronlik qilishgan Xioniylar o’rta osiyoda 120 yil faoliyat yuritgan KIDARIYLAR DAVLATI V asrning 20-yillarida – sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga ko’chmanchi chorvador aholi — toxarlar (kidariylar) kirib keldi 456-yil – kidariylar bilan sosoniylar o’rtasidagi jangda kidariylar yengildi EFTALLAR DAVLATI V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha o’rta osiyoda Eftalilar davlati faoliyat yuritgan 456-yilda – Eftallar Xitoyga elchi yuboradi Sosoniy hukmdorlar: Pero’z Anushervon (531-579) 484-yilda – Pero’z eftallarga qarshi uchinchi marta yurishda halok bo’ld, eftallar Marvni ishg’ol qildi V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida – Eftallar davlati tashkil topadi. Hududi: O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston V asrda – Zog’ariq, Bo’zsuv (Janubiy Qozog’iston va Toshkent) va Darg’om (Samarqand viloyati janubiy tumanlarining) kanallari barpo etildi V-VI asrlarda – O’rta Osiyoda Sug’d yozuvi, Xorazm va eftal yozuvlari tarqaldi V asrda–o’rta osiyolik shishasozik rivojlangan o’rta osiyoliklar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o’rgatdi TURK XOQONLIGI VI asr o’rtalarida (552–yilda) – Oltoy va Janubiy Sibirda Turk xoqonligi vujudga keldi. Asoschisi Bumin Harbiy yurushlari: 555-yilda – Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylari yerlarini egallab, oladilar 563-yilda – Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar 563–567-yillarda – Eftallar davlati janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk xoqonligining zarbasiga uchrab, so’ng tamomila barham topdi. 563–567-yillarda Turk xoqonligining Eftallarga hududiga yurushlari: Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri – Sirdaryodan o’tib, – Zarafshon vodiysi – Samarqand – Kesh – Naxshab – Buxoro (8 kun) VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklar mavjud edi VI asrning 80-yillari oxirlarida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi VII asrning birinchi choragida – G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi 618–630-yillarda – To’ng yabg’u hukmronlik qilgan davri VII asrning birinchi yarmida – G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Shu davrda xitoyga 9 marta elchi jo’natilgan VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi 585–586-yillarda – Buxoroda Abro’y qo’zg’aloni bo’lib o’tdi V–VII asrlarda – O’rta Osiyoda 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi 718-yilda – Xitoyga hadya tariqasida Samarqanddan dubulg’a yuborildi V asrda – Choch va Eloq Eftallar davlatiga, VI asrda esa G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysundiriladi. VII asrning dastlabki choragida – G’arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chiradi V-VII asrlarda – O’rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o’rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko’chmanchi chorvadorlarning beto’xtov shiddat bilan kirib kelishi va o’troqlashuvi shahar va qishloqlaming qiyofasi va aholisining turmush tarziyu ahvoliga jiddiy ta’sir ko’rsatdi VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda zardnshtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi dinlar mavjud bo’lgan II. BOB – O’RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMOMDAN FATH ETILISHI ARAB XALIFALIGI (632-1258) 1. Sahix xalifalar davri (632-661) Abu Bakr (632-634); Umar (634-644); Usmon (644-656) ;Ali (656-661) 2. Ummaviylar sulolasi (661-750) 3. Abbosiylar sulolasi (750-1258) VII asr boshlarida – Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. 630-yilda – payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) arablarni yagona davlatga birlashtirdi 651-yili – arablar jangsiz Marv shahrini egalladi (Xurosonni egalladi) 654-yilda – arablar Maymurg’ni egallandi. 667–yilda – arablar Chag’oniyonni egalladi 673-yilning kuzida – xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Poykand, Romiton va Termiz shahrlarini egalladi VIII asr boshlarida – arablar Movarounnahr hududini to’liq bosib olishga kirishdi Qutaybaning yurushlari: 705-yilda – Balxni (Chag’oniyon jangsiz taslim bo’ladi), 709-yilda – Buxoroni, 710-yilda – Naxshab va Keshni, 711-yilda – Xorazmni, 712-yilda – Samarqandni, 713–yilda – Chochni, 715-yilda – Farg’onani egallab, Qoshg’argacha kirib bordi 692-724-yillarda – Buxoro davlatini Tug’shoda boshqargan. 710-737-yillarda – Samarqandni (So’g’dni) G’urrak boshqardi VIII asr mobaynidayirik dehqonlar qo’l ostidagi yerlar yuqori arab harbiy mulkdoriga o’tishi ro’y beradi 899-959-yillar tarixchi olim Narshaxiy yashagan yillar 717-719-yillarda – Arab xalifaligida Umar ibn Abdulaziz hukmronlik yillari 720-yilda – Sug’dda Sug’d ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida qo’zg’alon boshlandi 738-748-yillar – Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor yillari 719-783- yillar taxminan. Muqanna yashagan yillar VIII asrning 40–yillarida – xalifalikda toj–u taxt uchun kurash kuchaydi 744-750-yillar – xalifa Marvon II hukmronlik qilgan yillar 746-yilda – Abu Muslim Xurosonga keldi 747-y Abu Muslim aholini Ummaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi 749-yilda – Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oladilar. va poytaxt Damashq qo’lga kiritiladi xalifa Marvon II taxtdan ag’darildi 750-754-yillarda – abbosiylarning birinchi xalifasi Abul Abbos Saffohning xalifalik yillari 750-yilda – Buxoroda Abbusiylarga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi 751-yilda – Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo’shinlariga zarba berib, ulami mamlakat hududidan quvib chiqaradi 755-yilda – qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldirildi 769-783-yillarda – Movarounnahrda «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni bo’lib o’tdi 775-yilda – «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi 783-yilda – Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi xalifa qo’shnlari tomonidan egallandi 806-yilda – Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi VIII asr oxiri – IX asr boshlarida – Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi III. BOB – MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI QARLUQLAR DAVLATI VI-VII asrlarda – qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirgan VIII asr o’rtalarida – Yettisuv o’lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Poytaxti: Suyob shahri X asr o’rtalariga borganda – qarluqlarning kattagina qismi islom diniga o’tdi X asrda qarluqlar – Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’mashganlar. O’G’UZLAR DAVLATI VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda – o’g’uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. IX asr oxiri va X asr boshida – Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo’yida O’g’uzlar davlatiga asos solindi X asrdan boshlab – o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar X asrning birinchi choragida – O’g’uzlar davlati shimoli sharqdan qo’zg’algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo’linib ketdi TOHIRIYLAR DAVLATI (821-873) VIII asr oxiri–IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi 809-813-yillarda – xalifa Horun ar–Rashid (786–809) vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’raun bilan Amin o’rtasida taxt uchun kurash 813-yilda – Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari Ma’munga yordam beradilar. Bag’dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi. 821-yilda – Tohir Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi 822-yilda – Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatdi 830-844-yillarda – Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko’chiriladi 873-879- y Yaqub ibn Lays hukumronligi yillari ( safforiylar) 879-900) y Amr ibn lays h.y 873-yilda – aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat SAFFORIYLAR (873-900) qo’liga o’tdi SOMONIYLAR DAVLATI (865-999) Somoniylar davlati hukmdorlari: 1) Nasr (865-888) 2) Ismoil Somoniy (888-914) 3) Nasr II (914-943) 4) Nuh I (943-954) 5) Abdumalik ibn Nuh (954-976) 6) Nuh II (976-997) 865-yilda – Ahmad vafotidan keyin uning o’g’li Nasr Somoniylar davlatiga asos soldi IX asrning oxirgi choragida – Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tdi 888-yilda – Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi 893-yilda – Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi 892-902-yillarda – Xalifa Mu’tazid yillari 900-yilda –Somoniylar va Safforiylar o’rtasidagi urushda, Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. IX asr oxirlarida – Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ldi X asrda – Buxoroda o’rta osiyodagi ilk madrasa Farjak madrasasi barpo etildi IX-X asrlarda – Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi IX-X asrlarda – Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan Xitoy bilan bo’lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o’rinda turgan 961-962-yillarda- Samarqandda somoniylardan Abdulmalik bin Nuh tangasi chiqarildi X asrda – Iqto’ tartibi vujudga keldi XI asrdan – boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. XI-XII asrlarda – Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi XI-XII asrlarda shaharlar kengayadi, aholi soni ko’payadi 942-yilda – Somoniylar aholidan ikki marta soliq undirib oldi IX-X asrga kelib tarix sahnasida – yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo’ldi. U ijarachi qo’shchi yoki barzikor 947-yilda – Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko’tardi 952-yilda – Abu Ali Chag’oniy boshchiligida isyon boshlandi. Nuh Abu Ali Chag’oniyni avval Chag’oniyonga, so’ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo’ladi 961-yilda – Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi. 865-999- yilar Somoniylar davlati hukm surgan 999-yilda – Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniyiar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi. Somoniylar davlati quladi G’AZNAVIYLAR DAVLATI (962-1186) G’aznaviylar davlati hukmdorlari: 1) Alptegin (962-977) – G’aznaviylar davlatiga asos soldi 2) Sobuqtegin (977-997) – G’aznaviylaming siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi 3) Mahmud Ga’znaviy (997-1030)–G’aznaviylar davlatining hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Somoniylar davlati barham topgach, Xuroson va Xorazmni (1017) o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi 4) Ma’sud G’aznaviy (1030-1040) - mamlakat viloyatlari birin-ketin qo’ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutdi 962-963-yillarda G’azna viloyatiga Alptegin noib va lashkar amiri sifatida tayinlandi 1186–yilda G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan. QORAXONIYLAR DAVLATI (X asr o’rtalaridan – 1141-yy) X asr o’rtalarida – “Xoqoniya” davlati tashkil topdi XI-XII asrlarda – «Xoqoniya» rivoj topib kuchaygach, u «Qarluq–Qoraxoniylar» davlati nomini oldi 992-yilda – Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylarning Movarounnahrga tomon birinchi hujumi 996-yilda – qoraxoniylar Movarounnahr tomon ikkinchi hujumi 1006 va 1008-yillarda – qoraxoniylar Xuroson ustiga (G’aznaviylar davlatiga) ikki marta qo’shin tortadi 1038-yilda – Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yi viloyatlari — Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Natijada Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo’linib ketdi XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda – Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — ko’chmanchi qoraxitoylar (mo’g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo’ldi 1137-yilda – qoraxitoylar Xo’jand yaqinidagi jangda qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi 1141-yilda – bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylar g’alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi XI–XII asrlarda – «dehqon» degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi o’z ma’nosini yo’qotdi 859-955- yillar Qoraxoniylar asoschisi Abulkarim Sotuk Bug’roxon y.y XORAZMSHOHLAR DAVLATI 995-yilda – Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi. Shu tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib, Ma’muniylar hukmronligi boshlandi. (711-yilda arablarning hujumi oqibatida Xorazm ikki qismga bo’linib ketgan edi) 1017-yilda – Mahmud G’aznaviy Xorazmni egallab, ma’muniylarga barham berdi 1040-yilda – Xorazim Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi. Anushteginlar sulolasi (1040-1231) 1) Anushtegin (1040-1097) 2) Qutbiddin Muhammad (1097-1127) 3) Otsiz (1127-1156) 4) Elarslon (1156-1172) 5) Sultonshoh Mahmud (1172) 6) Takash (1172-1200) 7) Alovuddin Muhammad (1200-1220) 8) Jaloliddin Manguberdi (1220-1231) XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi 1153-yilda – Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar. 1187-1193-yillarda – Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda – Takash Eronni Xorazmga qo’shib oldi 1206-yildan boshlab – Alovuddin Muhammad Movarounnahrni qoraxitoylaning qaramligidan ozod etishga kirishdi 1210-yilda – Alovuddin Muhammad Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchratib, Yettisuvgacha bo’lgan yerlarni Xorazmshohlar davlati tasarrufiga oladi XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillari; shimoli sharqiy chegarasi Yettisuv va Dashti Qipchoq; janubi g’arbda Iroq; janubi sharqiy hududlari G’azna viloyati; 1210-yilda – Xorazmshohlarga qarshi O’tror aholisi qo’zg’olon ko’tardilar 1212–yilda – Xorazmshohlarga qarshi Samarqandliklar qo’zg’olon ko’tardilar O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM – FAN RAVNAQI IX asrda – Bag’dod shaharda «Bayt ul–hikma» tashkil etildi. «Bayt ul–hikma»da ishlagan olimlar: Al–Xorazmiy, Ahmad al–Farg’oniy, Ahmad al–Marvaziy, al–Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilgan MUHAMMAD IBN MUSO AL–XORAZMIY (783–850) xalifa Ma’mun (813-833) zamonida «Bayt ul–hikma»da mudirlik qildi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari «Al–jabr val–muqobala». XII asrdayoq «Al–jabr val–muqobala» kitobi Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi ABUL ABBOS AHMAD IBN MUHAMMAD IBN KASIR AL–FARG’ONIY (797-865) 8 ta asari bizgacha yetib kelgan. Asari: “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi 832-833-yillarda al–Farg’oniy Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar–Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashdi. 861-yilda al–Farg’oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr «Miqyos an–Nil» inshooti va uning darajoti qayta tiklandi. XVI asrda – allomaning nomi oydagi kraterlardan biriga nomi berilgan 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al–Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. MUHAMMAD IBN ISMOIL AL–BUXORIY (810-870) islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Asari; 4 jildlik «Al–jome’ as–sahih» asariga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al–Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shogirdi: Abu Iso Muhammad at–Termiziy (824-894) ABU MANSUR AL–MOTURIDIY (870-944) Asarlari: «Kitob at–Tavhid» («Allohning birligi») va «Ta‘vilot ahl as-sunna» («Sunniylik an’analari sharhi»). Samarqandda yodgorlik majmuasi o’rnatilgan. 2000-yil noyabrda Imom al–Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi IX-XII asrlarda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi shaharlarda kutubxonalar faoliyat yurutgan 1004-yil «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi»)–«Ma’mun akademiyasi» tashkil etildi. Unda ishlaganlar: Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn Hammor (991–1048), Abu Sahl Masihiy (970–1011), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037) 1997-yil 11–noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida»gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi. ABU NASR FAROBIY (873-850) 160 dan ortiq asarlar yozgan. Asarlari: «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi». «Baxt–saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri» ABU ALI IBN SINO (980-1137) 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan ABU RAYHON BERUNIY (973-1048) 160 dan ortiq asarlar yozgan. Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston». «Mineralogiya», «Geodeziya», «Qonuniy Ma’sudiy». 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan ABULQOSIM MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY (1075–yilda Xorazmda tug’ilgan 1144 y vafot etgan) 50 dan ortiq asarlar yozgan. Zamaxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» , «Zorulloh» kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan. Asarlari: «Al–Mufassal» ( arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan), «Al–Kashshof» (Qur’oni karim tafsiriga oid) 1995-y zamaxshariyning 920-yilligi keng nishonlandi BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY (1123–yilda Rishtonda tug’ilgan). Asari: 4 jildlik «Hidoya». 2000-yilda al–Marg’inoniyning 910 yilligi nishonlandi. Abubakr ar Roziy 865-925-yillarda yashab o’tgan buyuk tabib IX-XII asrlarda yozilgan ADABIYOTga oid asarlar: Yusuf Xos Hojibning (XI asr) Qutadg’u bilig, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu hig’atit–turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul–haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» 1069-1070 y Q’utadg’u bilig asari yozildi 1072-y “Devoni lug’oti turk” asari yozib tugatildi X asrda Nurota tizmalaridagi Pastog’ darasida Xonbandi nomli suv ombori qurildi XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to’g’risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi. X asrdan – boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. X-XI asrlarda – ham paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan. IX-XII asr – boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. IX-XIII asr – boshlarida musiqa san’ati ham g’oyat taraqqiy qiladi IX-XIII asr – ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin egallaydi. XII asrda-Buxoroning Darvozayi Mansur mahallasida qonunshunoslar uchun «Faqihlar madrasasi» qurildi IX asrdan – Buxoro «Qubbat ul–islom» — «Islom dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi VIII asr o’rtalarida – tasavvof ta’limoti dastlab Iroqda yuzaga kelgan. XII asrda–Turkistonda Yassaviya tariqati, XII asr oxirida–Xorazmda Kubroviya tariqati , XIV asrda–Buxoroda Naqshbandiya tariqati vujudga keldi 1145-1221-yillarda – Najmiddin Kubro yashagan yillar BAHOUDDIN NAQISHBAND (1318-yilda – Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog’ida dunyoga keldi) Yoshligida ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o’rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan. Asarlari: «Hayotnoma» va «Dalil ul–oshiqin» Download 195 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling