Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар академияси минтақавий бўлими


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/248
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1721215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   248
Bog'liq
2022-11-3

 __________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022  
6
Samarqand viloyati(1886) davrida amalga oshirilgan tadqiqotlarda shaharning XIX asr boshlariga 
kelib tuliq shakllangan olti darvozasi va ularga tegishli mahallalar nomi qayd etiladi[1;6]. Biroq 
Rossiya imperiyasi nafaqat Samarqand balki, xonliklarning barcha mintaqalarida o’zlarining 
bosqinchilik rejalarini niqoblash uchun aholining kamsonli qismiga nisbatan o’zlarini xaloskor 
sifatida ko’rsatishdi.
Muhokama: Imperiya davriga oid statistik to’plamlarda mazkur davrda Samarqand shahrida 
Xoja ahror, Suzangaron, Paykabod, Qalandarxona, Yahudiylar mahallasi [1;7]nomlarining paydo 
bo’lishi yuqorida keltirilgan fikrlarimizni tasdiqlaydi. Chunki, shu vaqtgacha shahar tarixiga oid 
manbalarda shaharning yahudiylar yashaydigan qismi tushunchasi qo’llanilib, alohida mahalla 
sifatida keltirilmagan. Bunga sabab ularning soni kamligi bo’lgan.Shu bilan birgalikda, mazkur 
ma’lumot imperiya tomonidan jiddiy o’rganilishga kirishilganini va mazkur jarayonda mavjud 
muvozanatni bo’zishga, “ bo’lib tashla, hukmronlik qil” shiori asosida mahalliy aholi va mintaqada 
yashab kelayotgan kamsonli millatlar orasiga nifoq solishga harakat qilinganligini ko’rsatadi. 
Turkiston zaminini o’rganish va shu asosda uni xom ashyo bazasiga aylantirish hali O’rta Osiyo 
xonliklari zabt etilmasdan turib boshlangan. O’rta Osiyoning arzon xom-ashyo manbai var us mollari 
sotiladigan qulay bozor bo’lishi 1826 yildayoq general-mayor Verigin tomonidan Nikolay I (1825-
1856) ga yo’llangan xatida bayon qilingan. Verigin xatda o’z fikrlarini rus mahsulotlari sifati pastligi 
uchun Ovrupo bozorlarida raqobatga dosh bera olmayotgani va ularni sotish uchun rus 
tmahsulotlariga raqobat qila olmaydigan O’rta Osiyo juda muhim degan iboralar bilan 
izohlaydi[9;72]. Samarqand ham mazkur siyosat natijasida e’tibordan chetda qolmaydi. Samarqand 
shaharini o’rganish xonliklar zabt etilishidan oldin boshlangan bo’lsada, uni uzluksiz va sistematik 
ravishda o’rganish Zarafshon okrugining tuzilishi bilan boshlandi. Zarafshon okrugi boshlig’i general 
Abramovga[5;18] Samarqand shaharini har tomonlama o’rganish vazifasi yuklatildi. Maqsad 
Turkistonning markaziy qismi hisoblanuvchi, nomi afsonalarga aylangan Samarqandning iqtisodiy 
o’zlashtirilishi va uni imperiya manfaatlariga buysundirish edi. Shu maqsadda general Abramov 
Farg’ona vodiysini o’rganayotgan(1868-1870) A.P.Fedchenkoni 1870 yilda Samarqandning tog’li 
qismi bo’lgan Iskandarko’lga junatadi[8;3].Rossiya imperiyasi davridagi elchilik va ayg’oqchilik 
asosida to’plangan ma’lumotlarda Iskandarko’l Turkistonning qimmatbaho ma’danlarga boy qismi 
deb ko’rsatilganligi general Abramovni sa’y - harakatlariga sabab bo’lgan. Farg’ona va Turkistonning 
g’arbiy qismida geologik qidiruv tadqiqot ishlarini olib borishi natijasida mintaqa aholisi, 
etnografiyasi, geografiyasi va tarixi bo’yicha boy tajribaga ega A.P.Fedchenkoning yuborilishi 
mazkur ekspidetsiyadan katta natijalar kutilganligini anglatadi. Biroq, imperiya davri manbalarida 
A.P.Fedchenkoning Iskandarko’lga uyushtirgan ekspidetsiyasi va uning natijalari xususida aniq 
ma’lumotlar keltirilmagan.Bu jarayonni imperiyachilik xarakteri bilan izohlash mumkin. Mazkur 
jarayo ham keying davr tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlariga asos bo’ldi. 
Imperiya hukumati Samarqand aholisi, ularning mashg’uloti yuzasidan ham tadqiqotlarni 
tashkillashtirdi. Mazkur davrda Samarqand aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan 
shug’ullanib, katta tajribaga ega edi. Samarqandning ekin maydonlari hajmi va shu bilan birgalikda 
qishloq xujaligini tadqiq etish maqsadida 1871 yilda professor A.Petsol’d keltiriladi. A.Petsol’d 
tadqiqotlari asosan qishloq xujaligi bilan bog’liq bo’lsada, uning ma’lumotlarini tadqiqot uchun 
tegishli jihatlari talaygina.Jumladan, uning tadqiqotlarida Samarqand shahari va uning u’ezdlari bilan 
bog’liq toponimikalar ko’plab keltiriladi[8;4]. Shu bilan birgalikda, uning ilmiy izlanishlarida nafaqat 
Samarqand shahari balki, uning u’ezdlari ham batafsil yoritiladi. Olimning tadqiqotlarini batafsil deb 
atashimizga sabab, uning ma’lumotlari bosma nashr etiligan va har bir soha bo’yicha ma’lumotlar 
alohida shaklda keltirilgan.Mahalla, guzar va qishloqlarning shahar bilan oraliq masofalari birinchi 
marotaba aniq shaklda keltirilganligidadir. 
XIX asr o’rtalarida Samarqand shaharining oltita darvozalar asosidagi ma’muriy bo’linishi va 
shu asosda mahallalarning joylashishi hamda ualrdagi aholining mashg’ulotlari to’grisidagi 
ma’lumotlar uchraydi. Aholisi bu davrda 25-30 ming kishidan iborat bo’lgan Samarqand shahari XX 
asr boshlariga kelib, 66 ming kishilik aholiga ega bo’lgan, Markaziy Osiyoning o’ziga xos bir 
megapolisiga aylandi. Buning sabablari sifatida barqaror vaziyat asosida mahalliy aholi soning 
ko’payishi, kuchib keluvchilar soning oshishi, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari asosida savdo va 



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling