Keywords: Empire, neighborhood. Ethnos, ethnic composition, source, scientific research.
Kirish. Rossiya imperiyasi davrida Samarqand shahari o’ziga xos ma’muriy birliklarga
bo’lingan bo’lsada, baribir mahalliy aholi tomonidan ishlatilib kelingan joy nomlari saqlanib
qolavergan. Buni imperiya ma’muriyatining dastlabki yillarda mahalliy sharoitni yaxshi bilmaganligi
va ularning ichki ishlariga aralashish imperiya uchun noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi
to’g’risidagi fikrlar bilan izohlash mumkin. Qolaversa, Rossiya imperiyasining dastlabki yillarida
tuzilgan hujjatlar va buyruqlardan anglashiladiki, ma’muriyat o’z boshqaruv rejimini hali to’liq
mustahkamlashga erishmagan, arzimagan sabablar bilan ham mahalliy aholining tez-tez bosh kutarib
turish holatlarini oldini olish zarurati eski toponimik mahalla nomlarini saqlanib qolishiga
sabablardan biri bo’lgan. Shu boisdan ham Samarqand shaharini boshqarish jarayonida mahalliy
aholini eski tartib bo’yicha boshqarish saqlanib qolaveradi. Bu fikrimizni Samarqand shaharini
o’rganish maqsadida tuzilgan imperiya davriga oid statistik hujjatlar ham isbotlaydi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi: Tadqiqot jarayoniga jalb qilingan manbalar asosan
Rossiya imperiyasi davri adabiyotlari bo’lib, mazkur davr manbalari asosan statistikaga
asoslanganligi va mahalliy xalq etnografiyasini o’rganish birinchi navbatga qo’yilganligi bilan ajralib
turadi. Tahlil qilingan manbalar va ularda keltirilgan ma’lumotlar davlat vakolatli organlari,
boshqaruv tuzilmalari tomonidan tasdiqlanganligi keltirilgan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasini
oshiradi.
Natija: Samarqand shahari ma’muriy boshqaruvida mahallalarning o’rnini yaxshi tushunib
yetgan boshqaruv apparati amaldorlari shaharning eski mahalla tashkilotlarini saqlab qolgan.
Samarqand bekligi o’rnida tashkil etilgan Zarafshon okrugi(1868) va uning o’rnida tashkil etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |