__________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –11/3-2022
14
qo`yilgan edi. Bashan kompaniyasi ushbu mehmonxonani sotib olsih uchun Buyuk Btitaniya,
Turkiya, BAA davlatlarining 5ta kompaniyasi bilan tender savdolarida bahs olib borib, auksionda
g`olib bo`lganligi haqidagi fiklar maqoladan o`rin olgan [2].
Tadqiqot obʼekti va uslublari. Paolo Sorbello tomonidan yozilgan “O‘zbekiston
xususiylashtirishdan oldin obligatsiyalar debyutiga intilmoqda” (Uzbekistan Pushes for Bond Debut
before Privatization 2018 yil 24 fevral) nomli maqolasida O`zbekiston hukumati investorlarni
O`zbekistonga jalb etish maqsadida 300 million dollarlik obligatsiyalar fond birjalarga
joylashtirilganligi haqida yozilgan. Bu bilan, avvalo, chet elllik investorlarni O`zbekistonga ko`proq
jalb qilish ko`zlangan bo`lsa, ikkinchidan, xususiylashtiriladigan kompaniyalarning jozibadorligini
oshirish maqsadida ham qilinganligi qayd etib o`tiladi. Muallif o`z maqolasiga xulosa qilib qilib
2018-yilda Moliya vaziri bo`lib turgan J.Qo`chqorovning “Bizning maqsad O`zbek kompaniyalarini
zamonaviy korporatsiyalarga aylantirmoqchimiz” degan fikrlari bilan yakunlaydi [3].
J.D. Supra saytida “
O'zbekiston: davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish”
(
Uzbekistan: Accelerating the privatization of state assets) 2022 yil 18 martda e`lon qilingan
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va
xususiylashtirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
PF-168
Farmoni(loyiha)ga ba`gishlangan. Unga ko`ra, bank sohasidagi xususiylashtirish jarayoni quyidagi
rejalar belgilangan:
- 2022-yil 1 oktabrgacha Qishloq qurilish bankning aksiyalarini IPOga qo`yish;
- 2022 – yilning oxirigacha O`zsanoatqurilishbank va Asakabankdagi davlat ulushini auksionga
qo`yish;
- 2023-yil
1–iyulgacha
Xalq
Banki,
Mikrokreditbank,Aloqabank,
Agrobank,
O`zmilliybankning aksiyalarini IPOga qo`yish rejalashtirilganligi haqida yozadi.
Bundan tashqari, qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish, bir qancha
kompaniyalar va korxonlardagi davlat ulushlarini sotish (O`zdonmahsulot, UMS va boshqa) va
umumiy miqdorda 1501ta obyekt(bundan 396ta neft va gaz sohasida,130ta axborot-texnologiyalari,
109 ta moliyaviy sohada,47 ta oziq-ovqat, 29ta transport, 20ta energiya, 105ta boshqa soha va 665 ta
obyekt)ni xususiylashtirishmoqchi ekanligi haqida to`xtalib o`tgan [4].
Do'stlaringiz bilan baham: |