114
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –10/1-2022
Terish zonasida shpindelning burchak tezligi tish absolyut tezligining eng yaxshi yo'nalishini
ta'minlashi kerak, shunda u chanog’dagi tolalar orasidagi bo'shliqqa kirib, ularni ilib chanoqdan
sug’rib olishi mumkin. Bir qatorning qo'shni barabanlari orasidagi ishchi tirqish 36 mm dan
oshmaydigan qilib o’rnatiladi, shuning uchun bu erda g’o’za poya shpindel tomonidan kuchli siqiladi.
Natijada g’o’za poya shpindelning aylanishiga 𝑅
к
kuchi bilan qarshilik qiladi. Agar tasmalarning
tortish kuchi
Т ba'zi ko'rsatkichlardan kam bo'lsa, shpindelning harakat tezligi pasayadi, tishning
absolut tezligining yo'nalishi o'zgaradi. Shuning uchun ham shpindel tishi tolalarni ilib olaolmaydi,
paxta terishning imkoni bo'lmaydi.
𝑇 > 𝑅
к
ni ta’minlash uchun mavjud friktsiyon yuritmada 3 ta
oddiy ponasimon tasma o'rnatilgan, ularning g’altaklar bilan ishqalanish kuchlari yig'indisi kerakli
𝑇
kuchni ta'minlaydi. Ishqalanish kuchi tasmaning g’altakga tushiradigan bosimiga bog'liq, bu esa o'z
navbatida uning tarangligiga bog'liq. Har bir tasmaning tarangligi alohida tortib turuvch prujina 4
bilan ta'minlanadi (1-rasm). Ko'pincha, bu prujinalarning tortish qobilyati vaqt o'tishi bilan o'zgaradi,
tasmalar g’altakga har hil kuch bilan bosiladi, ularning g’oltak bilan ishqalanish kuchlarining
yig'indisi ko'pincha g’o’za poyaning shpindelga qarshilik qiladigan kuch qiymatidan kam bo'ladi,
shuning uchun paxtani terish keskin kamayadi.
Friktsiyon yuritmaning ishlashini yaxshilash uchun biz ponasimon tasmalarining o’rniga ko’p
qirrali (poliklinovoy) tasmalarga almashtirishni taklif qildik.
Ko’p qirrali tasmalar bitta umumiy tortishi asosiga ega, shuning uchun uning qirralari (ponalari)
g’altakga bir xil bosim bilan bosiladi. Ular egiluvchanligi katta, shuning uchun ularni shpindel
g’altaklari kabi kichik diametrli shkivni aylantirish uchun ishlatishga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |