“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnali


Manzil: 200900, O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Markaz 1 Telefon


Download 9.89 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi9.89 Kb.
#1576338
1   2
Bog'liq
“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnali

Manzil:

200900, O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Markaz 1

Telefon:

(+998-62) 375-51-43

Faks:

(+998-62) 375-51-43

E-mail:

mamun-аxborotnoma@academy.uz, xma_axborotnomasi@mail.ru

Sayt:

http://mamun.uz/uz/page/27


  Maqolalarni qabul qilish qoidalari


  1. Maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilgan, hajmi 4 betdan 16 betgacha, maqola matni A4 formatda, Microsoft Word v formate .doc yoki docx, Times New Roman matn muharririda, 14 pt, o‘lchamli shriftda, chegaralari eni bo‘yicha terilgan bo‘lishi lozim. Maqola chegaralari: chap tomoni 3 sm, yuqori, past, va o‘ng tomonlaridan 2 sm, qatorlararo interval 1,5, betlanmagan, jadvallar va faydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tegishli ravishda matn orasida keltirilishi lozim.

  2. Matndagi jadval, rasm va faydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tegishli ravishda belgilangan, jadvallarga qisqartirilmagan holda sarlavha bilan yozilishi lozim.

  3. Rasm yoki fotosuratlar chizilgan yoki Word grafik muharririda skanerlangan bo‘lishi, rasm yoki fotosuratlarning pastki qismida sarlavhasi va son bilan belgilangan bo‘lishi lozim.

  4. Matndagi formulalar aniq holda ko‘rsatilgan, nomerlagan bo‘lishi lozim

  5. Matnda keltirilgan barcha o‘lcham va kattaliklar tegishli ravishda xalqaro o‘lchov birliklar tizimiga mos kelishi shart.

  6. Maqolaning birinchi betida yuqori chap tarafida UO‘T (UDK) keltiriladi, so‘ngra bosh harflar bilan yarim qora shriftda o‘rtada muallif (lar) ning ism-sharifi, familiyasi yozilib, keyingi qatorda maqola mavzusi yoziladi, mavzu oxirida nuqta qo‘yilmaydi. So‘ngra 2 intervaldan keyin 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) 7 qatordan kam bo‘lmagan annotatsiya va kamida 5 ta terminli kalit so‘zlar kursiv shaklida yozishi talab etiladi. Keyin 2 intervaldan so‘ng oddiy shriftda maqola matni keltiriladi.

  7. Maqola oxirida muallif(lar) tomonidan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Matnda adabiyotlarga havola kvadrat qavslarga [1] olingan holda beriladi so‘ngra adabiyot muallifining familiyasi va initsiallari keltiriladi. Oxirida esa barchasi ajratiladigan nuqtalar bo‘yicha jurnal (monografiya, darslik, konferensiya to‘rplami, dissertatsiya avtoreferati, patentlar) mavzusi so‘ngra (shahar, mamlakat, sana, betlar raqami) keltiriladi.

  8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tugaganidan keyin betning pastki chap tarafida muallif (lar) tomonidan taqdim qilingan tashkilot yoki institutning to‘liq nomi, pastki o‘ng tarafida esa maqola taqdim qilingan sana yoziladi.

  9. Maqolaning asl nusxasi muallif(lar) tomonidan imzolangan va talab darajasida (tegishli fan sohasi bo‘yicha fan doktori yoki fan nomzodi tomonidan berilgan retsenziya, O‘zbekiston Respublikasi va MDH da mavjud va talab darajadagi ekspertiza akti) taqdim qilinishi lozim. Jurnal tahririyatiga maqolaning asl nusxasi va elektron shaklda taqdim qilinadi

  10. Maqolalarni jurnal tahririyatining quyidagi manziliga yuborish lozim: 220900, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Markaz-1, Xorazm Ma’mun akademiyasi;tel: (+99862) 375-80-51E-mail:xma_axborotnomasi@mail.ru

  11. Talablar asosida rasmiylashtirilmagan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va muallif(lar)gaqaytarilmaydi.

  12. Muallif(lar)ga alohida maqola bo‘yicha nusxalar berilmaydi. Muallif(lar) tahririyatga murojaat qilib, navbatdagi jurnal soni chiqqunga qadar bir oy oldin zarur bo‘lgan jurnal miqdorini buyurtma qilishlari mumkin.

Download 9.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling