Xorazm viloyat Hazorasp tumanidagi 7 umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili vaadabiyot fani o’qituvchisi Jumaniyazova Shahnozaning
Download 1.1 Mb.
|
1 2
Bog'liqO\'tkir Hoshimov dars ishlanma . 7 -maktab Jumaniyazova Shahnozan
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. II. O’tilgan mavzuni takrorlash: |
Asar nomlari |
Mirtemir |
Oybek |
M.Osim |
H.Olimjon |
”Navoiy” |
|
|
|
|
”Ikki eshik orasi” |
|
|
|
|
”Jayxun ustida bulutlar” |
|
|
|
|
”Qaynashlar” |
|
|
|
|
”Muqanna” |
|
|
|
|
”Zaynab va Omon” |
|
|
|
|
”Tog’day tayanchim” |
|
|
|
|
”Ikki karra ikki besh” |
|
|
|
|
”Bahor qaytmaydi” |
|
|
|
|
”Daftar hoshiyasidagi bitiklar” |
|
|
|
|
”Dilbar davr qizi” |
|
|
|
|
”Musicha” |
|
|
|
|
”Badarg’a” |
|
|
|
|
”Baliq ovi” |
|
|
|
|
”Qutlug’ qon” |
|
|
|
|
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
“Dunyoning ishlari” qissasi hikoyalari tahlili
O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi “Gilam paypoq”, “Oq -oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O’ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Ularda o’g’li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona ma’naviyatni o’zida mujassam etgan ONA madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi.Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan xoli. Shu sababli ham u katta qiziqish va hayajon bilan o’qiladi.
E’tibor bering:
Bu qissa O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”… dostondek o’qiladi.Uni o’qib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz”.
O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi hikoyalari tahlilini o’tkazish uchun oldindan uchta guruhga uchta hikoyani sahnalashtirish topshirilgan edi. Guruhlarning sahna ko’rinishlari namoyishi tomosha qilinadi.
1-guruh: “Gilam paypoq” hikoasining sahna ko’rinishi namoyishi
2-guruh: “Qarz” hikoasining sahna ko’rinishi namoyishi
3-guruh: “Oq marmar, qora marmar” hikoasining sahna ko’rinishi namoyishi
O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan joy olgan hikoyalarda Onaning qanday fazilatlari aks etganini ajratib yozing.
: IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
1.O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan joy olgan hikoyalarda Onaning qanday fazilatlari aks etganini ajratib yozing.
“Alla” |
|
“Iltijo” |
|
“Gilam paypoq” |
|
“Qarz” |
|
“Oq marmar, qora marmar” |
|
1-guruh uchun
O’tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan.Avval bobosi qo’lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So’ng “Almaiy” nomidagi maktabda tarbiya ko’radi. U dastlabki qissasi bilanoq yirik adib Abdulla Qahhorning nazariga tushgan.Shoir umrining oxirida “Yodgorlik” deb nomlangan she’riy to’pplam tayyorladi. Adibning hayot yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak, uning xat tashuvchi,musahhih, muxbir,gazetada bo’lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir kabi bosqichlarni bosib o’tganiga guvoh bo’lamiz. U rus yozuvchisi M.Sholoxovning “Tinch oqar don”, S.Borodinning “Yeldirim Boyazid” romanlarini mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan.
2-guruh uchun
Hozirda adibning “Urushning so’nggi qurboni”,”Muhabbat” kabi ko’plab hikoyalari mavjud. O’tkir Hoshimovning keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari- “Qutlug’ qon”, “Navoiy”, “Quyosh qoraymas” singari romanlarining “xamirturushi” ham kichik-kichik hikoyalar bo’lgandi.Uning tarixiy mavzudagi “Mahmud Tarobiy”, “Karvon yo’llarida”, “Singan setor”,”Mohlaroyim va Xonposhsha” singari asarlari o’zbek xalqining o’z o’tmishini yaqindan bilishi va undan faxrlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. ”Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” nomli romanlari,”Odamlar nima derkin”,”Shamol esaverdi”, “Ikki karra ikki- besh”,”Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”qissalari, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” nomli hikmatlar to’plami respublikamiz va xorijda sevib o’qilmoqda.
bitiklar”
3-guruh uchun
O’tkir Hoshimov asarlaridagi asosiy qahramonlar shoh va shahzodalar emas, balki kambag’al, beva becholarning o’g’il- qizlari, chopon yoki askarlar bo’ldi.”Qatag’on”, “Inson sadoqti”, “To’ylar muborak” dramalari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adibning keyinchalik bitgan “Zaynab va Omon”, “Semurg’ ”,”Roksananing ko’z yoshlari”singari doston va balladalari juda sermazmun asarlardir. O’tkir Hoshimovning “Muqanna” nomli tarixiy, “Jinoyat” nomli zamonaviy mavzudagi she’riy dramalari bor. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. Undagi “Gilam paypoq”, “Oq -oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O’ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi.Adibning Qoratog’ etaklarida o’sib-ulg’aygani uning asalarida bilinib turadi.
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi
DARSDA ASOSAN E'TIBOR BERISH LOZIM : O'QUVCHILAR HAMJIHATLIGIGA VA SHAHSIY FIKRLARNING E'TIBORSIZ QOLMASLIKLARIGA
HAR BIR O'QUVCHIGA ONALARIGA XAT YOZISH TOPSHIRIQINI YUKLASH VA XATLARNI ONALARIGA OLIB BORISH TOPSHIRIQINI BERISH .
MEN YOQTIRGAN HIKOYA MAVZUSIDA KICHIK MATN YOZIB KELISH TOPASHIRIQINi BERISH .
Milliylik
Mehribonlik
Farzandlik burchi
Pushaymonlik
Onalarga chuqur hurmat
Mehridaryolik
Mehr-oqibat
G’amxo’rlik
Sami-miylik
V. Dars yakunlarini chiqarish
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
M avzu yuzasidan “Men onamni yaxshi ko’raman” mavzusida kichik insho yozib kelish.
Xorazm viloyat Hazorasp tuman 7-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Jumaniyazova Shahnoza
Download 1.1 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling