Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi


Download 109.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.03.2023
Hajmi109.52 Kb.
#1282086
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hokim stipendiyasi nizom va mEzoni (2)



e-qaror.gov.uz
14.02.2023
3
Xorazm viloyat hokimining
2023 yil 13 fevraldagi
46-12-0-Q/23-son qaroriga
1-ilova
Viloyatda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni
moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu nizom “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovini o‘tkazish va uni
tayinlash tartibini belgilaydi.
1.2. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi Xorazm viloyati hokimligi,
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi
hamda viloyatdagi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda viloyatda ta’lim
olayotgan iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni moddiy-ma’naviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan tanlov
hisoblanadi.
1.3. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovida “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti stipendiyasi”, “Yoshlar ittifoqi stipendiyasi”, davlat mukofotlari
sovrindorlari, tanlovning o‘tgan mavsumida g‘olib bo‘lgan yoshlar hamda darajasi
jihatidan yuqori turuvchi boshqa davlat stipendiyalari (xalqaro miqyosdagi
stipendiyalar) sovrindorlari ishtirok etmaydi.
“Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining g‘oliblari mazkur tanlovda qayta
ishtirok etish huquqiga ega emas.
1.4. Tanlovda Xorazm viloyatida doimiy ro‘xatda turgan 14-30 yoshdagi
yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
1.5. “Viloyat hokimi stipendiyasi” bir yilda bir marotaba viloyat bo‘yicha
har bir tumandan munosib 2 nafar nomzod tavsiya qilinadi.
2-bob. Maqsad va vazifalari
2.1. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi iqtidor va iste’dod sohiblari
bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga
chiqarish maqsadlarini ko‘zlagan holda tashkil etiladi.



Download 109.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling