Xorazm viloyat hokimining 2023 yil 13 fevraldagi


Download 109.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi109.52 Kb.
#1282086
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hokim stipendiyasi nizom va mEzoni (2)

e-qaror.gov.uz
14.02.2023
4
2.2. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining asosiy vazifasi turli
yo‘nalishlarda tahsil olish yoki
ishlash davomida o‘z iqtidori va
qobiliyatini
namoyon eta oladigan hamda vatan ravnaqi va taraqqiyotiga o‘zining munosib
hissalarini qo‘sha oladigan yoshlarni izlab topish, ularning ijodini respublika va
xalqaro darajaga ko‘tarish, yangi iqtidor va iste’dod qirralarini ochish hamda
yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirishdan iborat.
3-bob. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining o‘tkazilishini
tashkil etish va hujjatlarni qabul qilish
3.1. Xorazm viloyat hokimining qaroriga muvofiq, tasdiqlangan “Viloyat
hokimi stipendiyasi” tanlovini tashkil etish bo‘yicha viloyat komissiyasi
(keyingi o‘rinlarda – komissiya deb yuritiladi) a’zolari tashkil etadi.
3.2. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovini tashkil etishda asosiy ishchi
organ Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hisoblanadi.
3.2. Komissiya a’zolari tomonidan “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga
talabgorlar ro‘yxatga olinadi va hujjatlar qabul qilinadi.
3.3. Komissiya o‘z faoliyatini adolatlilik va ochiq, oshkora tarzda tashkil
etadi.
3.4. Komissiya a’zolari tomonidan “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanloviga
talabgorlarni ro‘yxatga olish va hujjatlarni qabul qilish vaqti va joyi haqida
ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallari hamda internet saytlari orqali e’lon beriladi.
3.5. Talabgorlar tomonidan ushbu nizomning 4-bobida ko‘rsatilgan hujjatlar
komissiya a’zolariga taqdim etiladi.
4-bob. Hujjatlar taqdim etish tartibi
4.1. “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovida ishtirok etishga talabgorlar
tomonidan komissiya a’zolariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Pasport, guvohnoma yoki ID karta nusxasi;
2. Ma’lumotnoma (obyektivka);
3. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma:
- transkript yoki reyting daftarchasi nusxasi;
- akademik ma’lumotnoma (professional ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun);



Download 109.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling