Xorazm viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 137 Kb.
bet11/12
Sana06.11.2021
Hajmi137 Kb.
#170940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qiziqarli-matematikakitobcha

Qiziqarli masalalar
1. Uchoqda sayohat qilganda, yo'lovchilarga o'zlari bilan olishga muayyan og'irlikdagi yuk ruhsat etilgan. Har kilogram ortiqcha yukka yo'lovchi 10 dollar ustama to'lashi kerak. Agar 40 kilogram yuk olib ketayotgan yo'lovchi 50 dollar to'lagan bo'lsa, 80 kilogram olib ketayotgan yo'lovchi qancha pul to'lashi kerak?

2. Ikki yog'ochli kubchaning yoqlarida shunday raqamlar yozilgan-ki, bu ikki kubcha yordamida oyning istalgan kunini tasvirlash mumkin. Bunga erishish uchun qanday raqamlar yozish kerakligini aniq ko'rsating. 

3. a = 1, b = 2, c = 3, ... , z = 26 bo'lsin. Quyidagi ifodaning qiymati nechaga teng: (x - a)(x - b)(x - c)...(x - z)?

4. Bo’sh kataklarni A, B, C, D va E harflari bilan shunday to’ldiring-ki, natijada hech bir qator, ustun yoki diagonalda (ikki diagonal mavjud) har bir harf bir marta ishlatilsin. 



D










C













B

C




B

E




B

E










A







C

E

5. Matematika fanidan testda taxmin qilishdan qaytarish uchun Malikning o'qituvchisi har bir no'to'g'ri javob uchun yetti bal olib tashlashini e'lon qildi. Biroq, har bir to'g'ri javob bahoga faqatgina besh bal qo'shadi. Malik hamma misollarga javob berdi va "teng qildi". Boshqacha aytganda, u roppa rosa nol oldi. Malik testdagi 24ta misoldan qanchasiga to'g'ri javob bergan?

6. Lola, Aziza va Iroda qarta o'ynashga qaror qilishdi. Ular hisobni bodom yordamida qilishdi. Ular o'zaro quyidagi shartga kelishishdi: kim o'yinni yutqazsa, boshqalarga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berishi kerak. Birinchi o'yinni Lola yutqazdi va Aziza va Irodaga har birida qancha bo'lsa shuncha bodom to'ladi. Ikkinchi o'yinni Aziza yutqazdi va Lola va Irodaga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Uchinchi o'yinni Iroda yutqazdi va Lola va Azizaga har birida nechta bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Shu payt, har bir o'yinchida 8tadan bodom qoldi. Har bir o'yinchi qancha bodom bilan o'yinni boshlagan? 

7. Sinfda 30ta o’quvchi bor. O'n bittasining ko'zi ko'k. O'n beshtasining sochi qo'ng'ir. Uchta o’quvchining ko'zi ham ko'k, sochi ham qo'ng'ir. Nechta o’quvchining na ko'zi ko'k, na sochi qo'ng'ir?  

8. Sug'urta tizimi o'z mijozlariga ular uzoq vaqt kasallik davrida har oy quyidagi reja bo'yicha birinchi 240,000 ming so'm yillik maosh bo'yicha mablag' to'laydi: 
  1-oy: hech nima
  2-4-oylar: oylikning 50%
  5- va keyingi oylar: oylikning 25%
agar u kasal bo'lsa va xo'jayinidan haq olmasa. Bu reja quyidagi mijozlarga necha pul to'laydi agar:
Tursun ikki oy kasal bo'lgan, yillik maoshi 120,000 so'm va xo'jayinidan kasallik davri uchun haq olmagan bo'lsa? 
Murod olti oy kasal bo'lgan, biroq birinchi ikki oy uchun xo'jayinidan haq olgan va yillik maoshi 180,000 so'm bo'lsa?
Iroda yillik maoshi 300,000 so'm, uch oy kasallik davri uchun xo'jayinidan haqini olgan va to'qqiz oy kasal bo'lgan bo'lsa?
   
9. Anjumanda Qozoqiston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 15ta guruh qatnashyapti. Har bir davlat turli sondagi guruhlar jo'natgan va har biridan kamida bitta guruh vakil bo'lgan Tojikiston va O'zbekiston jami 6ta guruh jo'natgan. Bitta davlat roppa rosa 4ta guruh jo'natgan. O'zbekiston va Qirg'iziston jami 7ta guruh jo'natgan. Har bir davlat tomonidan nechta guruh jo'natilganini toping?  

10. 52talik standard majmuadan siz bir qancha qarta oldingiz. Tanlangan qartalar orasida kamida bitta xonim, ikkita qarg'a, uchta zo'r (tuz) va to'rtta qisht bor. Eng kami bilan qancha qarta tanlagan bo'lishingiz mumkin? 

11. 19 ta o’quvchi bo'lgan guruhning har bir a'zosi sumkasida 3, 4 yoki 5ta kitob bor. Kitoblarning umumiy soni 71ta. 4ta kitobi bo'lgan o’quvchilar soni 10ga karrali. Nechta o’quvchida 3ta, nechtasida 4ta va nechtasida 5ta kitob bor?

12. A qishloqning 6800 kishi aholisi bor va u har yili 120 kichiga kamayib boryapti. B qishloqning 4200 kichi aholisi bo'lib, u har yili 80 kichiga ortib boryapti. Necha yildan keyin bu ikki qishloqning aholisi tenglashadi? 

13. 8ta sonning o'rta qiymati 6ga, 6ta boshqa sonlarning o'rta qiymati 8ga teng. Barcha 14 sonning o'rta qiymati nimaga teng? 

14. 1 dan 200gacha sanaganda, yo'lda qancha 7dan o'tasiz?  

15. Qirralari 10cm, 4cm va 4cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepiped bo'yaldi va qirrasi 1cm bo'lgan kichkina kublarga bo'lindi. Kublarning necha foizi kamida bir yoqdan bo'yalgan? 

16. Saylda 20ta katta kishi yoki 32ta bolalarga yetadigan yemish bor. Agar saylda 15ta katta kishi bo'lsa, yana nechta bolani to'ydirsa bo'ladi? 

17. AQShda Dildora va Dilfuza yegulik sotib olishmoqchi bo'lishibdi. Ular pullarini qo'shishganlarida 25, 10 va 5 sentlik tangalardan iborat $4 chiqibdi. Agar ularda 35 dona tanga va 25 tsentlik tangalar soni 5 sentlik tangalar sonidan ikki baravar kam bo'lsa, ularda qancha 25 sentlik tanga bor?  

18. 64-maktabning 120 ta 1- 4 sinf o'quvchilari shahmat, shashka yoki har ikkala to'garak a'zosi. Agar shashka to'garagida 90ta va shahmat to'garagida 70ta o'quvchi bo'lsa, har ikkala to'garakda nechtadan o'quvchi bor? 

20. Shunday son toping-ki, agar uni kvadratga oshirsa, 27 qo'shsa, 3ga ko'paytirsa, kvadrat ildiz chiqarsa va 18 ayirsa, hech narsa qolmaydi. 

21. Men 100 va 200 sonlari orasidagi sonman. Men o'ngga va chapga bir hil o'qilaman. Mening raqamlarim yig'indisi 8. Men kimman? 

22. Maktabda 600 nafar, har bir sinfda esa 30 nafar o'quvchi bor. Har kuni har bir o'quvchining 5ta va har bir o'qituvchining 4ta darsi bor. Har bir darsda to'liq sinf o'quvchilari va bitta o'qituvchi bor. Maktabda nechta o'qituvchi bor? 
23. Mening tog'am har bir shag'am qoldig'ini asrab qo'yishini va yettita shag'am qoldig'idan yangi shag'am yasashini aytdi. Agar tog'am 92ta shag'am sotib olgan bo'lsa, nechta shag'am yoqishi mumkin? 

24. Ma'lum bir quvur cho'milish hovuzini 2 soatda to'ldirishi mumkin; boshqa quvur esa uni besh soatda to'ldirishi mumkin; uchinchi quvur esa hovuzni olti soatda bo'shatishi mumkin. Agar hovuz bo'sh bo'lib, uchala quvur bir vaqtda yoqilgan bo'lsa, hovuzni to'ldirish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? 

25. Qodir Sevaraga "Agar menga sakkiz dollar bersang, bizda teng miqdordagi pul bo'ladi" dedi. Sevara "Balki, biroq agar menga sakkiz dollar bersang, sendan ikki baravar ko'p pul bo'ladi" deb javob berdi. Har bir qizda qancha pul bo'lgan? 

26. Omborda ikkita bir xil idish bor: biri moy bilan to'la, ikkinchisi yarmigacha. Ularning og'irliklari 86kg va 53kg. Bo'sh idishning o'g'irligini toping? 

27. Quyidagi sonlardan to'rtta to'plam shunday tuzing-ki, har bir to'plamdagi sonlar yig'indisi 300 bo'lsin.
27 41 67 12 To'plam A: , , va  
89 24 168 76 To'plam B: , , va  
6 31 123 186 To'plam C: , , va  
154 91 75 30 To'plam D: , , va  

28. 16 sonini bir qancha ketma-ket butun sonlar yig'indisi shaklida ifodalay olasizmi? 

29. Ikki butun sonning yig'indisi 968. Ulardan biri nol bilan tugaydi, biroq bu nolni o'chirsangiz, ikkinchi son hosil bo'ladi. Bu qanday sonlar? 

30. Har qanday vaqt SS:DD:SS ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 3 soat, 54 daqiqa va 20 soniya bo'ladi: 03:54:20. Yana, yilning ixtiyoriy kuni KK/OO ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 5 iyul bo'ladi: 05/07. 0 dan 9gacha barcha raqamlardan foydalanib SS:DD:SS KK/OO shaklda yozish mumkin bo'lgan yilning eng kech vaqtini ayting.

31. Bir qatorda beshta to'p bor: sariq, jigarrang, ko'k, qizil va yashil. Agar ko'k to'p markazda bo'lmasa, qizil to'p ko'k to'pdan ko'k to'p yashil to'pdan qancha uzoq bo'lsa shuncha uzoqda bo'lsa, sariq to'pning chap qo'shnisi qizil to'p bo'lsa, bu to'plarning tartibini toping. 

32. 13 soni tub son va uning aksi 31 ham. Aksi tub son bo'lgan nehcta ikki xonali tub son topa olasiz?




Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling