Eshitildi:
1-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga yo‘naltirish, yangi pedagogik texnologiya qo’llab dars o’tib berish haqida o’z fikrlarini aytib o’tdi.Dars davomida qo’llanishi mumkin bo’lgan yangi Bir qadam oldinga metodi, Rasmni top (pole chudes), Karrada yilni top metodi metodlarlaridan foydalanishning sammarali usullari haqida ma’umot berib o’tdi. Fandagi bo’shliqlarni to’ldirish usullarini tavsiya etish to‘g‘risida esa o’tilgan mavzular yuzasida qo’shimcha test olish ABC-test va telegramda Quizbot programmasida o’quvchilar bilan qo’shimcha test ishlab ko’rishni tavsiya sifatida berdi.
2-masala bo’yicha metodbirlashma a’zosi G.Nazarova so’zga chiqib metodbirlashmaning 2022-2023 o‘quv yilining 2-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o’tdi va 3-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni: 3- chorakda o’quvchilardan o’tilgan mavzular yuzasidan monitoring test olish va 9-10-11-sinflar o’rtasida Zakovat musobaqasi tashkil etishni aytib o’tdi.
3-masala bo’yicha metodbirlashma rahbari M.Otajonova so’zga chiqib dekabr oyida bo’lib o’tgan “Ijtimoiy fanlar” (tarix, tarbiya va xuquq) oyligida amalga oshirilgan ishlar va o’tkazilgan tadbirlar hamda fan oyligida o’qituvchilar tomonidan o’tilgan ochiq darslar:
1 M.Otajonovaning 8-A sinfda Ingliz tili fanidan “Review” mavzusidagi ochiq darsi.
2 G. Nazarovaning 11-A sinfda Ingliz tili fanidan “My future Profession” mavzusidagi ochiq darsi.
3 F.Zohidovaning .10-A sinfdagi “Reading Story” mavzusidagi ochiq darsi
4. R.Raxmanovaning 4-D sinfda “Portfolio” mavzusidagi ochiq darsi.
5..I.Raximovaning 3-A sinfdagi“Playing games” mavzusidagi ochiq darsi
6.R.Otabayevaning 9-A sinfdagi “Well known actors and actresses” mavzusidagi
ochiq darslariga o’z fikrini bildirdi va ushbu dars ishlanmalarni maktab pedagogik kengashida ommalashtirishga tavsiya berdi.
4-masala bo’yicha metodbirlashma a’zosi G.Nazarova so’zga chiqib fan o‘qituvchilari bilan birgalikda o'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan o’z fikrini berib o’tdi.Darslarda o’qituvchilar qo’llasi mumkin bo’lgan metodlarni tafsiya sifatida berdi. Yig’ilish davomida metodbirlashma a’zolari bilan birgalikda o'quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan fikr almashildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |