Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokaloni Abu Abdulloh(Abu Ja’far ) Muhammad ibn Muso Al- xorazmiy,al Majusiy al- qatrabbuliy VIII asrning oxiri IX asrning I yarmida yashab ijod etgan
Download 13.29 Kb.
|
mavzu
Mamlakatimizda ilm – fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur buyuk mutafakkir,qomusiy olim Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishiga kata e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash,ularni ifodalash va kuzatganlarini tushintira olish malakalarini hosil qilishda katta baho berdi. Masalan, “AL- kitob al – muxtasar fi hisob al- jabr va – l muqobala ” asarida olimlarni uch guruhga bo’lib shunday yozadi : “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarni asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi,yopiqni ochadi yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi . Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib,u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi,takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi ”. Muhammad al-Xorazmiy bu fikrlari bir tomondan,olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa,ikkinchi tomondan,o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi.[8.79] Xorazmning asl farzandi, ilm ahlining bobokaloni Abu Abdulloh(Abu Ja’far ) Muhammad ibn Muso Al- Xorazmiy ,al – Majusiy al- Qatrabbuliy VIII asrning oxiri IX asrning I – yarmida yashab ijod etgan. Buyuk matematik, astronom va geograf,Xorazmning madaniyat markazlaridan biri bo’lmish Xiva shahrida tug’ilgan va Bag’dodda vafot etgan . Olimning tug’ilgan va vafot etgan yillari aniq emas.Ammo ba’zi manbalarda 783 – yilda tug’ilgan va 847-yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi. Xorazm fan olamiga ko’pkina mutafakkirlarni yetkazib bera olgan diyor bo’lib bu haqida xorazmshunos olim S .P. Tolstoy shunday deydi : “ Qadimgi Xorazm fanining sharq fani tarixidagi o’rni juda muhim.Xorazmning islomgacha bo’lgan antik va afrigiy davrini ozgina bilamiz . Ammo madaniyat va moddiy yodgorliklarni astoydil tahlil qilib ayta olamizki,Xorazmda aniq fanlar – geometriya,trigonometriya,astronomiya,topografiya,ximiya,minerologiya va tabiiy fanlar o’sha davrdayoq yuksak darajada taraqqiy etgan.Xorazm keyinchalik arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach,xorazmlik olimlar tez orada shuhrat qozonganlar va “arab fani’’ deb atalgan fanning yaratuvchilari orasida eng ilg’or o’rinni egallaganlar’’.[9.3] Bo’lg’usi olim bolalik va o’smirlik yillarida boshlang’ich ta’lmni vatanida olib arab,fors,hind va yunon tillarini qunt bilan organdi . Bu tillardagi kitoblarni mutolaa qildi va el nazariga tushib olim bo’lib yetishdi. Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay ,qomusiy ilm sohibi bo’lgan. Jumladan,olimning tarix, matematika, astronomiya va geografiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo’shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan. Al – Xorazmiyning xususan, arifmetika va algebraga oid asarlari Yevropaning qator tillariga ko’p marta tarjima qilinib, unda keltirilgan ilmiy dalillar matematika fanida va amaliyotida keng qo’llanilgan .Olim qoldirgan hisob – kitoblarning ko’pchiligi hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Xususan Al- Xorazmiy nomi lotincha kitoblarda Algoritmus , Algorismus , Al- Xoarismus, Alkauresmus, Alxoharitmus va hokazo shakllarda keltirilgan bo’lib, bu o’z navbatida yangi arifmetika – algoritmga asos bo’lgan . Fransiyalik sharqshunos olim J.Reyno 1849- yilda Yevropa mamlakatlarida matematikaga oid turli davrlarda chop etilgan asarlarda keltirilgan ushbu nomlar aslida Xorazm ilmiy maktabi vakili Al- Xorazmiy nomi bilan bevosita bog’liq ekanligini isbotlab bergan . [5.78] 1.2 -§ .Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning “Bayt u- hikma”da faoliyati. Bag’dod xalifasi Horun ar – Rashid o’g’li al – Ma’munni 808 – yilda xalifalikning sharqdagi noibi etib tayinlaydi,shahzoda al – Ma’mun noiblikni,poytaxti Marvga kelib tezlikda unga bo’ysunuvchi o’lkalarda yashovchi olimlar va shoirlarni o’z saroyiga to’plab “ Marv olimlari yig’ini” ni tashkil qiladi . Ko’pkina olimlar qatori al- Xorazmiy ham Marvga keladi va o’zining samarali ijodiga aynan shu yerda tamal toshini qo’yadi . Olim bu maskanda zamonasining ko’pkina olimu fuzalolari bilan tanishadi. Al – Ma’mun otasi o’limidan keyin 813 – yilda o’zini xalifa deb e’lon qiladi va o’z akasi xalifa al – Aminni taxtdan tushiradi .819- yilda bir guruh saroy ahli va Marvda to’plangan olimlar bilan Bag’dodga xalifalikning markaziga kelib, o’z davlatini mustahkamlab,boshlagan hayrli ishlaridan biri “Donishmandlar uyi ”(“Bayt ul -hikma”) ni qayta tashkil qilish va kengaytirishga katta e’tibor berdi.Bu ilmiy markaz qoshida ulkan kutubhona mavjud bo’lib,unga xalifalikning hamma joyidan,yunon,fors,hind,suryoniy va boshqa tillarda yozilgan qo’lyozmalar ham keltiriladi.Ko’plab falsafiy – axloqiy,ilmiy- adabiy asarlar arab tiliga tarjima qilib,sharhlar yoziladi va musulmon dunyosiga yoyiladi. Ayni shu tarjima va sharhlar orqali yunon,hind olimlari asarlari bizgacha yetib kelgan . Al – Ma’mun bu ilmiy markazda va xalifalikdagi barcha fanlar rahbari qilib vatandoshimiz Muhammad ibn Muso Al – Xorazmiy tayinlanadi. 828-yil Ma’mun akademiyasi qoshida Bag’dodning ash – Shamasiya mahallasida 1- rasadxona,831- yil Damashq yaqinidagi Kosion tog’ida rasadxonaning bo’limi qurilgan .Rasadxonada dastlab marvlik Abu Ali Yahyo ibn Mansur, keyinchalik Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan.Ma’mun akademiyasida turli maqsadlarda ilmiy ekspeditsiyalar ham tashkil qilingan . Ma’mun akademiyasida Xorazmiy bilan birga Xolid ibn al- Malik al- Marvarrudiy, Al- Abbos ibn Sayyid al – Javhariy , Ahmad ibn Abdulloh al- Marvaziy,Ahmad al- Farg’oniy, Abu Fazl alhamid ibn Vase ibn Turk al –Xuttaliy,Abu Yusuf Yoqub ibn Sabbox al – Kindiy va boshqa ko’plab o’rta osiyolik olimlar ijod qilib turli fanlar rivojiga katta hissa qo’shganlar. XI asr boshida Xorazm poytaxti Gurganj (hozirgi Urganch) shahridagi ilmiy markaz ham Ma’mun akademiyasi deb nomlangan.[10.18 ] Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati 1017- yilgacha davom qiladi . Lekin shunga qaramasdan shu ilmiy dargohdan jahon fani xazinasini o’zining bebaho asarlari bilan boyitgan ko’plab qomusiy olimlar yetishib chiqdi. Shu ilm maskani fan olamida yorqin iz qoldirgan o’nlab , yuzlab iste’dodlarni tarbiyalab,voyaga yetqazdi va kamol toptirdi.Keyinchalik ular sharq mamlakatlarida o’zlarining ijodiy faoliyatlarini davom ettirdilar.1017- yili Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt qilindi va u g’aznaviylar saltanati tarkibiga qo’shildi.Ma’mun akademiyasining bir guruh olimlari G’aznaga Sulton Mahmud saroyiga olib ketildi.Olimlarning boshqa bir guruhi Sharqning turli mamlakatlariga tarqalishib , shu joylarda ilmiy faoliyatlarini davom ettirdilar va oxirgacha Ma’mun akademiyasi an ‘analariga sodiq qoldilar . Beruniy, Abu Nasr Iroq,Bayhadiy va boshqalar G’aznada Sulton Mahmud saroyida,Ibn Sino va shogirdlari esa Jurjon va Hamadonda Qobus ibn Vashmgir va Abu Tohir saroyida,al-Xo’jandiy Ray shahrida umrining oxirigacha o’zlarini fan xizmatiga bag’ishladilar. Yurtdoshimiz al- Beruniy boshchilik qilgan Ma’mun akademiyasi olimlari yaratgan boy ilmiy meros nahaqat Sharqda ilmiy tafakkurning yuksalishiga,balki Yevopada ham ilm – fanning rivoj topishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.[11.35] Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tashkil etilishi . O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni (1997) O’zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish,uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlash,mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda is’tedodli va fidoyi olimlarni qo’llab – quvvatlash,yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirishda qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 1997- yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida “Arxeologiya , tarix va falsafa ”, “Til va adabiyot ”,“Biologiya muammolari ” bo’limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo’yicha 26 ilmiy xodim, shu jumladan,5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Arxeologiya, tarix, falsafa bo’limining xodimlari “Xorazmda qadimgi va o’rta asrlar o’zbek davlatchiligi tarixi”,”O’zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o’rni ”,”Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish ” mavzulari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. Til va adabiyot bo’limida “IX- XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og’zaki epos. IX- XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili ” mavzusi bo’yicha Xorazm yozma adabiyoti va og’zaki afsonalar hamda rivoyatlar “Avesto”dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil qilindi. O’g’zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar,ularning o’zaro ta’siri o’rganildi. 1997- 2002 yillarda Biologiya muammolari bo’limida 7 ilmiy mavzu bo’yicha tadqiqotlar bajarildi. Xorazm vohasi tuproq – iqlim sharoitlarida istiqbolli , serhosil, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli o’simliklarning navlari o’rganildi.[4.243] 1.3-§ .Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning asosiy ilmiy ishlari. VII – XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat ilm – fan beqiyos rivojlandi . Ayniqsa aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi . O’sha tarixiy davrda al –Xorazmiy,Farobiy,al – Farg’oniy, al- Beruniy,Ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi.O’sha ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda,insoniyat ongini,madaniy – ma’rifiy qarashlarini o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham ulug’ xizmat qildilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotlar yaratdilar.[6.70 ] Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq ilmiy asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha to’liq, qisman,yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan . Shu asarlarning o’ziyoq ko’rsatadiki,Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan olimdir . Miloddan avvalgi 6 – asrdan milodiy 5- asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4 – asrga kelib inqirozga yuz tutdi.415 – yilda yunon fanining xazinasi bo’lgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan to’xtab, xatto qo’lga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshlandi. 4 – 8 asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol va Gandishapurda jon saqlagan yunon olimlari ayrim,suryoniy,yahudiy, nasroniy ruhoniylar omon qolgan. Yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharhlar bitish bilangina shug’ullangan. Diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan. 9 – asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bag’dod ulkan iqtisodiy – ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi.Ko’plab olimlar asarlari hind tilidan arab tiliga tarjima qilindi , arab tilida dastlab sharhlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun, uni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish zarur edi.Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan “Musulmon renessansi” deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan bog’liq.[12.100] Muhamad ibn Muso al –Xorazmiy asarlari: “Al – kitob al –muxtasar fi xisob al – jabr va al - muqobala” Arab tilida yozilgan (“Al- jabr va al- muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”)- algerbraik asar. “Fi xisob al – Hind ” Arab tilidagi (“Hindcha hisob haqida kitob ”) - o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor , to’qqizta raqamni bayon etuvchi arifmetik asar. “Ziji al – Xorazmiy ” Arab tilida yozilgan “Zij” – astronomik jadval , sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo’lim va jadvallardan tashkil topgan asar. “Kitob surat – ul arz” “Yer surati kitobi” - geografiyaga oid asar. “Kitob amal bilasturlobot ” “Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy ma’rif assamtbilasturlob ” “Quyosh soati tekisligda soat yasash “ “Kitob ar – ruhoma ” “Kitob at – tarix” “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” Xorazmiy algebra faniga asos solgani , bu fan atamasi “Al-kitob al-muxtasar fi – xisob al- jabr va al - muqobala”(Al- jabr va al- muqobala hisobi haqida qisqacha kitob )asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum . Risolaning nomidagi “ al – jabr ”va “ al- muqobala” so’zlari “to’ldirish” va “ ro’para qo’yish” – o’rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi . “Aljabr” so’zi lotincha transkripsiyada “algebra” bo’lib, Xorazmiy asos solgan algebra fanini undan keyingi sharq olimlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar. Bu risola 1145- yili Ispaniyada Robert Chester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan . Tarjimaning XIV – asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozmasi Kembrij universiteti kutubhonasida saqlanadi . Risola “Diskrit Algorizmi ”, ya’ni “Al – Xorazmiy aytdi”iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklarni va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi . Download 13.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling