Xorazmning iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va ijtimoiy hayoti yangi bosqichga ko’tariladi
Download 13.26 Kb.
|
OllaberganovDiyorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 19726 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 3685 ta (22,9 %) ga o‘sgan.
Xorazmning iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va ijtimoiy hayoti yangi bosqichga ko’tariladi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14 oktyabr kuni Xorazm viloyatiga keldi. Xorazm qishloq xo’jaligi, yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kichik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. “GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “O’zteks Shovot”, “Xorazm maishiy texnika” korxonalari, “Xorazm shakar” qo’shma korxonasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Murakkab iqlim sharoitiga qaramay, viloyat dehqonlari qishloq xo’jaligida mo’l hosil etishtirmoqda. Davlatimiz rahbari 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazmga tashrifi chog’ida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo’jaligini tarkibiy o’zgartirish, ijtimoiy ob’ektlar barpo etish va infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi. O’tgan davrda hududda ko’plab yangi korxonalar, kichik biznes sub’ektlari, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Turizm, to’qimachilik, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktab va san’at dargohlari qurildi. Yana qator loyihalar bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar 2020-yil 1-mart holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 19726 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 3685 ta (22,9 %) ga o‘sgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar ulushi (%) Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Xorazm viloyatida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu shahar ostonasidanoq ko’zga tashlanadi. Xususan, Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilingan. Yo’lovchilarni kutib olish va kuzatishga mo’ljallangan zamonaviy terminallar, xizmat ko’rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan. Rasmiy delegatsiyalar, xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari viloyatga kelayotgan sayyohlar oqimini ko’paytirishda tarixiy obidalarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. Tarixiy ob’ektlarni qayta tiklash va ta’mirlashda asl milliy qadriyat va urf-odatlarimizni saqlash va xorijliklarga ko’rsatish borasida tavsiyalar berdi. Urganch tumanida keng ko’lamli bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish, turmush darajasi va sifatini yanada yuksaltirish maqsadida hududda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 va 2 qavatli 64 uy-joy, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar soni 6 tani tashkil qilib, ular tomonidan jami 77,8 ming kishiga turistik xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan, 5 231 nafari xorijiy davlatlardan tashrif buyurganlar, 71 947 nafari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. 2016-2020- yillar davomida viloyatda turistik tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soni:
Prezidentimiz bu borada amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Viloyatda barcha sohalar singari sayyohlikni rivojlantirish, tarixiy obidalarni tiklash, ta’mirlash, ularning atrofini obodonlashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 276,7 ming gektar sug’oriladigan maydon mavjud. Toshsoqa tizimi orqali 191,3 ming gektar er sug’oriladi. Amudaryoda suv kam paytlarda, ayniqsa, erta bahor va yoz oylari boshida kanallarda suv sathi juda past bo’lib, g’alla, paxta va boshqa ekinlarni sug’orish uchun suv asosan nasoslar yordamida olinardi. Bu xarajatlarning oshib ketishiga, suv isrofgarchiligi hamda erlarning meliorativ holati yomonlashuviga olib kelar edi. Prezidentimiz Xorazm viloyatiga avvalgi tashrifi chog’ida Toshsoqa magistral kanalida amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishib, ushbu muammolarni bartaraf etish, qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirishda tannarxni kamaytirish, fermer va dehqon xo’jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan loyihani hayotga tatbiq etish bo’yicha topshiriqlar bergan edi. Shavkat Mirziyoev yangi uylarda aholiga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Zamonaviy va milliy me’morlik andozalari asosida barpo etilgan ushbu uylar oilalar farovon yashashi uchun qulay qilib loyihalashtirilgan. Xonadonlar tabiiy gaz, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, ichki yo’llar barpo etilgan. Davlatimiz rahbari Toshsoqa tizimidagi magistral sug’orish kanallarini qayta tiklash loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur loyihaga ko’ra, viloyatdagi Toshsoqa, Shovot, Polvon G’azovot va G’azovot magistral va xo’jaliklararo kanallarining 120 kilometri rekonstruktsiya qilindi. Rejadagi 607 gidrotexnik inshootdan 318 tasi yangidan qurildi. Bu ishlar natijasida 279 nasos agregatidan voz kechilib, qishloq xo’jalik ekinlari o’zi oqar suv bilan ta’minlanadi va 31,6 million kilovatt soat elektr energiya iqtisod qilinadi. Prezidentimiz ushbu loyiha viloyatda suv ta’minotining tubdan yaxshilanishi, fermer xo’jaliklari samaradorligi va qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Kanallar atrofidagi erlarni obodonlashtirish, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib ekiladigan ko’chat turlarini tanlash va kanal bo’ylab besh qator daraxt ekish, yozning jazirama kunlari odamlar kanal bo’yida dam olishi uchun sharoit yaratish bo’yicha Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda viloyat hokimligi mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi. Shavkat Mirziyoev Xiva shahrida barpo etilayotgan “Farovon” mehmonxonasining qurilish uchastkasida bo’ldi. Shaharning Amir Temur ko’chasida qurilishi rejalashtirilgan ushbu mehmonxona qadimiy me’morchilik uslubida 3 qavatli qilib bunyod etiladi. Unda konferentsiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, ko’ngilochar maskanlar va boshqa imkoniyatlar bo’ladi. Mehmonxonaga frantsiyalik ishbilarmonlar investitsiya kiritadi. Bu erga kelishimizdan asosiy maqsadlardan biri Xivani turistik zonaga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat, dedi davlatimiz rahbari. Turizmni rivojlantirish uchun, avvalo, sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu mehmonxona besh yulduzli, mamlakatimizdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri bo’ladi. Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga tashrifi chog’ida mutasaddilarga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilish bo’yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko’ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu erda restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko’rgazmasi tashkil qilingan. Ko’rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlarga oid tarixiy fotosuratlari, birinchi o’zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an’anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O’zbekiston zamonaviy san’ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko’rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Prezidentimiz Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko’zdan kechirdi. Xorazm viloyati tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarga boy. Ular asrab-avaylanayotgani, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur saroy hududi shu erlik Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo’lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o’tagan. Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga tashrifi chog’ida mutasaddilarga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilish bo’yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko’ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu erda restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko’rgazmasi tashkil qilingan. Ko’rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlarga oid tarixiy fotosuratlari, birinchi o’zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an’anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O’zbekiston zamonaviy san’ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko’rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Prezidentimizning joriy yil 12 yanvardagi “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni bu yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo’lmoqda. "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi uchun 414 gektardan ortiq er maydoni ajratilgan. Keyinchalik ushbu hudud yanada kengaytiriladi. Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to’qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo’nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – mehnatdan manfaatdorlikni, yurtimiz fayzu barakasini oshirishdir. Toki odamlar erdan samarali foydalanib, qo’shimcha daromad topsin, mehnatining rohatini ko’rsin, xalqimiz boy bo’lsin, dedi davlatimiz rahbari. Shu erda baliqchilik, qovunchilik va qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari samaralari namoyish etildi. Shu kuni Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so’zladi. Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko’ra, Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Download 13.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling