Xordalilar tipi.Lichinka xordalilar kenja tipi . Assidiyaning tashqi va ichki tuzulishi. Reja: - Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinfi
- Asstidiyalar (Ascidiae) sinfi
- Salplar (Salpae) sinfi
- Lichinka xordalilar filogeniyasi
Bu tipda faqat dengizda yashovchi 1500 dan ortiqroq hayvon kirib bularni hammasi voyaga etgan paytda xorda va nerv turubkasi yo’qolib ketadi. Faqatgina appendikulyariyalar bundan mustasno.
Umumiy tana formasi hammasida bochkasimon va xaltasimon bo’ladi. Tashqi tomnidan tanasi maxsus qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Bu qobiq toay to’qimadan iborat. O’troq xayot kechirish munosabati bilan qobiq muhim himoya vositasini o’taydi. Voyaga etgan paytda jinsiy ko’payishdan tashqari, kurtaklanib xam ko’payadi.
Deyarli hammasi germofrodit.
O’troq xayot kechiradi, ba’zilari esa dengizning pelagial zonasida erkin suzib yuradi. Kaloniya bo’lib ham yashaydi. Umuman dengizlarda keng tarqalgan. Ko’pgina turlari tropik va subtropik dengizlarda keng tarqalgan. 5000 m chuqurlikkacha uchratish mumkin. Evrosiyoda 150 tacha turi uchraydi. Kaspiy va Azov dengizidan boshqa hamma dengizlarda tarqalgan.
Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinfi - Bu hayvonlarda xorda va nerv sistemasi butun umr saqlanadi. Jabra yoriqlari 2 ta. Bu hayvonlar maxsus uyda hayot kechiradi. Bu uyda bir kunda bir necha marotaba chiqib turadi. Yangi uy terining epitelial to’qimalaridan juda tez (1 soatda) paydo bo’ladi.
- Tanasi kattaligi 1 smgacha boradi. Erkin suzib hayot kechiradi. Appendikulyariyalar jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Hamma okeanlarda tarqalgan. Suvning yuza qismida uchraydi.
Asstidiyalar (Ascidiae) sinfi - Bu sinfga o’troq holda hayot kechiruvchi, yakka va kaloniya bo’lib yashovchi hayvonlar kiradi.
- Voyaga etgan asstidiya tashqi tomonidan ikki oizli mundiga o’xshaydi. (banka) Yuqori tomonida 2 ta trubkasimon teshik bo’lib birinchisi oiz sifoni ikkinchisi esa kloaka sifoni deb ataladi.
- Oziqlanish passiv. Oziq zarralari endostil suyuqligiga o’tadi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Sezgi organlari yo’q. Jinsiy va kurtaklanib ko’payadi.
- Bu hayvonlarni jinsiy ko’payishini rus olimlaridan A.O.Kovalevskiy o’rgangan. Urulangan tuxumdan erkin suzuvchi lichinka chiqadi. Voyaga etgan davrda o’troq hayot kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |