Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi. Mundarija


Download 103 Kb.
bet1/6
Sana09.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1346319
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi




Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi.


Mundarija:



  1. Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni.

  2. Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash.

  3. Qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa davlatlarining dasturlari.

  4. Qishloq turizmini rivojlantirish bosqichlari.

  5. Qishloq turizmini rivojlantirishda strategik rejani ishlab chiqish yo‘llari.



1. Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni
XX – asrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy – madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab – avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda esa odamlarning (turistlarning) mahalliy aholi bilan tanishuv va muloqatga kirishi, do‘stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo‘lish, qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish, qishloq tabiati bag‘rida dam olish, sport bilan shug‘ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi. So‘ngi yillarda esa qishloq turizmining ko‘p faoliyatligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog‘i deb talqin qiluvchilar ham o‘zlarini haq deb bilishadi. Masalan, ekologik turizm ko‘p hollarda tabiat bag‘rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg‘ab olamiz:

  • yumshoq turizm (Soft Tourismus);

  • tog‘ turizmi (Mountain Tourismus);

  • tabiat turizmi (Nature Tourismus);

  • yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus);

  • yashil turizm (Green Tourismus);

  • sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);

  • qishloq turizmi (Agro Tourismus);

  • ekoturizm (Ecotourismus).

Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham nomlanishi ham albatta tabiat va uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma’lum bo‘ladiki, qishloq turizmi ko‘p faoliyatlari jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho‘pon) bilan birga yashaydi, ko‘p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo‘shish noto‘g‘ri xulosalarni keltirib chiqaradi. Qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

  1. Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi;

  2. Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi;

  3. Qishloq turizmi ekologik toza oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;

  4. Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kirishini axborotlaydi va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi;

  5. Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajalarini o‘stiradi;

  6. Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo‘l ochadi;

  7. Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivojlantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;

  8. Qishloq turizmi xalqlar o‘rtasida hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi;

  9. Qishloq turizmi turistik resurslarni muhofaza qiladi, ta’mirlaydi va obodonlashtiradi;

  10. Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi;

11. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni o‘rgatadi, bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‘lishni ta’minlaydi.



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling