6
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning
turlari bozor
munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos
tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi
investitsiyalar tarkibiga
mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab
chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Xorijiy investitsiyalar
ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega
bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan
olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: