Xorijiy investitsiyalar fanidan
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Nota (qarz majburiyati) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak bo’lib, bank
bilan kelishuv asosida qarz oluvchining o’z nomiga chiqariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta’minlanadi. Keng tarqalgan notalar – Yevronotalardir. Nazorat uchun savollar 1.Investitsiyaning shartli ravishda qanday turlarini ajratish mumkin? 2.Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab qanday turlarga ajratiladi? 3.Xorijiy investitsiyalarning qanday shakllari mavjud? 4.Investitsiyada qatnashish tavsifi va maqsadiga ko’ra investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi? 5.Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi? 6.Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi? 7.Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va sub’ekti haqida tushuncha bering. 8.Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalarning asosiy o’ziga xos xususiyatlari hamda farq qiluvchi jihatlarini tushuntirib bering. 3-mavzu. Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari (4 soat) 3.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni 3.2. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish 3.3. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish 3.4. Investitsiyalarning eksporti va importi. 3.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 9 O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling