Xorijiy investitsiyalar fanidan
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
Nazorat uchun savollar
1. Globallashuv jarayoniga qo’shilish nimani anglatadi? 2. Globallashuv jarayoniga xos bo’lgan qanday belgilar mavjud? 3. Kioto Protokoli qanday hujjat hisoblanadi? 4. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi va investitsiya loyihalarini tayyorlashning o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud? 5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Hadli Konventsiyasining asosiy maqsadi nima? 6. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish nimalarni o’z ichiga oladi? 7. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo’yicha investitsiya loyihalariga nisbatan qo’llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini tushuntirib bering. 8. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari qanday izchillikda ishlab chiqiladi? 9. Xalqaro kapitallar migratsiyasi va oqimi haqida tushuncha bering. 4-mavzu. Xorijiy investorlar huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari (4 soat) 4.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari 4.2. O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari 4.3. Investitsiya shartnomalari 4.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari CHet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: -investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash; 13 -investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish; -o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi; -O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish; -investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish); -O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish; -o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish; -O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish; -o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish; -davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish. CHet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling