Xorijiy investitsiyalar fanidan
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari(4 soat)
Nazorat uchun savollar 1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun berilgan huquqlarni tavsiflab bering. 2. “CHet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering. 3. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qanday huquqiy asoslari mavjud? 4. O’zbekiston Respublikasi "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining mazmunini tushuntirib bering. 15 5. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi nizomning mohiyati va mazmuni nimalardan iborat? 6. “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risidagi nizomga muvofiq chet ellik investorlarga qanday kafolatlar va himoya choralariga ega bo’ladi? 7. Investitsiya shartnomasining tarkibiga nimalar kiradi? 8. Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab qanday shartlar bo’lishi mumkin? 5-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari(4 soat) 5.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi 5.2. O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati 5.3. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi 5.4. O’zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari 5.5. O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi 5.1. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga oshadi” 1 . Ushbu fikrlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi. Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan, 1 Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. – Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги маърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 30 январь. 16 jahon bozoriga raqobatbardosh, keng darajada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi. CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; - ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; - to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling