Xorijiy investitsiyalar fanidan
O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Investitsiya shartnomalari
4.2. O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir: -O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 4.12.1998 y.; -O’zbekiston Respublikasining «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.; 14 -O’zbekiston Respublikasining «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.; -O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.; -O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y. 4.3. Investitsiya shartnomalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180- sonli qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi yo’nalishlarda kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish ko’zda tutilgan: -barqaror iqtisodiy o’sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy o’zgartirishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirilishida; -respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashni ta’minlovchi ustuvor loyihalarni amalga oshirilishida; - xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning amalga oshirilishida. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling