Xorijiy investitsiyalar fanidan
Download 414.58 Kb. Pdf ko'rish
|
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori
24 6.3.To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish Xorijiy investitsiyalar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo’lish mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi kengayib va ortib borayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining to’g’riligi hamda samaradorligidan dalolatdir. Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. SHu bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa, ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi yechim hisoblanadi, ya’ni qaerda samara (foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar o’sha yerdagi bozorga ko’proq intiladi. SHuningdek, bugun O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlar ichida eng yuqori investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan biriga aylandi. Bu, shubhasiz, iqtisodiyotimizga to’g’ridan-to’g’ri jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimini yanada kuchaytiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan- to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Download 414.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling