5
8.O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar qanday
ahamiyat kasb etadi?
9.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning qanday manbalari mavjud?
2-mavzu. Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari
(2 soat)
2.1. Xorijiy investitsiyalarning turlari
2.2. Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va
sub’ekti
2.3. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar
2.1. Xorijiy investitsiyalarning turlari
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda
qabul qilingan qonunlarning
tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning
shartli ravishda
uchta turini ajratish mumkin. (2.1.1-chizma)
Investitsiya turlari
2.1.1-chizma
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul
birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar,
vekselьlar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: