Xorijiy investitsiyalar fanidan


Download 414.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana16.11.2023
Hajmi414.58 Kb.
#1781260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
21-mavzu Xorijiy investitsiyalar bozori

Nota (qarz majburiyati) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak bo’lib, bank 
bilan kelishuv asosida qarz oluvchining o’z nomiga chiqariladi, bozorda 
joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan 
ta’minlanadi. Keng tarqalgan notalar – Yevronotalardir. 
Nazorat uchun savollar 
 
1.Investitsiyaning shartli ravishda qanday turlarini ajratish mumkin? 
2.Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab qanday turlarga ajratiladi? 
3.Xorijiy investitsiyalarning qanday shakllari mavjud? 
4.Investitsiyada qatnashish tavsifi va maqsadiga ko’ra investitsiyalar qanday 
turlarga ajratiladi? 
5.Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi? 
6.Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar qanday turlarga ajratiladi? 
7.Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning ob’ekti va sub’ekti 
haqida tushuncha bering. 
8.Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalarning asosiy o’ziga xos xususiyatlari 
hamda farq qiluvchi jihatlarini tushuntirib bering. 
 
3-mavzu. Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib 
borishida investitsiya jarayonlari 
(4 soat) 
3.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni 
3.2. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida 
investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish 
3.3. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish 
3.4. Investitsiyalarning eksporti va importi. 
 
3.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni 
 
Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan 
hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro 
manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga 
iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning 
kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti 
uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish 
davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib 
borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.



O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi 
mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. 
Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar 
qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda 
investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. 
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy 
investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning 
qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga 
nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat 
tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar 
ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari 
asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan 
shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda 
olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal 
darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul 
istiqbollar qiziqtiradi.

Download 414.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling