Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
№21, 3, 1981, 310-324 бетлар
Download 497.95 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari
№21, 3, 1981, 310-324 бетлар.
17
investitsiya qilishni davom ettirish rejalarini qayta ko„rib chiqishga undadi. 1987 yildan 1993 yilgacha bo„lgan davrda Xitoy jami 53910 mln. AQSH dollari miqdorida, Singapur esa 33400 mln. AQSH dollari miqdorida to„g„ridan- to„g„ri investitsiyalar jalb etishdi. 2000 yilda esa Xitoy 40,7 mlrd. AQSH dollari miqdorida, Singapur 21,7 mlrd.AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb qilishga muvaffaq bo„lishdi 10 . Xitoyning tashqi investitsiyalarni jalb qilishda qo„shni davlatlarga nisbatan ustuvorlikka egaligi TMKlar tomonidan unga beriladigan tavsiflarga, ya’ni 21 - asrda Xitoy etakchi iqtisodiy barqaror davlatlardan biri bo„lishi mumkinligi bilan izohlanadi. Singapur esa uning aholisi va bozor hajmini inobatga oladi. Osiyo davlatlari tomonidan chet el investitsiyalarini jalb etishga bo„lgan hatti- harakatlarni, sobiq Bosh Vazir janob Goh CHok Tong 1994 yil 8 noyabrda bo„lib o„tgan “Xalqlarning faol kechasi” nomli kechki nonushta tadbirida shunday tavsiflaydi: Osiyo davlatlari iqtisodiyotida kutilmaganda yuz bergan tez o„sish Singapur iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta’sir ko„rsata oldi. Xitoy va Hindiston iqtisodiyotining chet el investorlar uchun ochilishi “katta quvvatli chang yutgich timsolida” oldindan tashkil topgan o„rta darajadagi bilim- tajribalarni talab qiladigan ishlab chiqarish sanoatlarini, shu jumladan Singapurdagi ishlab chiqarish sanoatlarini o„z domiga tortishga muvaffaq bo„ldi. Bunga Xitoyning juda yirik miqdordagi ortiqcha mehnat resurslariga ega bo„lishi va shuning barobarida ko„p mehnat talab etiladigan sanoat ishlab chiqarishlarini jalb etishda Xitoyni Singapurga nisbatan yana bir karra qulay imkoniyatga ega ekanligini isbotlaydi . 3. Markaz rolini o„ynashdagi o„zgarish. Singapur iqtisodiyotining markaziy rolini o„zgartirishning bir yo„li mavjud. Samarali raqobatlashish maqsadida Singapur hududiy va global nuqtai nazardan olg„a siljishi kerak. Uning an’anaviy xizmat turlari yanada kengayishi lozim, jumladan TMKlarga ko„rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish kerak. Ushbu xizmat turlari investitsiya bo„yicha maslahat xizmatlari, boshqaruv, moliya, axborot telekommunikatsilari, intellektual xizmat turlari, qo„shma hamkorlik kabi xizmat turlarini keng joriy qilish lozim. Amaliy yo„nalish sifatida,
Download 497.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling