Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Х,удудий  ривожланиш  гояси  янги  Шаркий  Осиё  худудий  ривожланишининг  бир  тури  сифатида  миллий


Download 497.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana08.01.2022
Hajmi497.95 Kb.
#252936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari

:

Х,удудий  ривожланиш  гояси  янги  Шаркий  Осиё  худудий  ривожланишининг  бир  тури  сифатида  миллий 

манфаатларни  куллаб-кувватлашга  каратилган  гоя  сифатида  илгари  сурилган.  Кдранг:  Несадурай  Хелен 

(Nesadurai Helen) E.S. Глобализация. 


 

Tadqiqotning  vazifalari.  Mazkur  maqsadga  erishish  uchun  tadqiqot  ishi  oldiga 



quyidagi vazifalar qo’yildi: 

Xitoyva  Singapurningtashqi  iqtisodiy  aloqalarining  asosiy  bosqichlarini 



aniqlash; 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  milliy  iqtisodiyotning  rivojlanishida  tutgan 



o’rni va ahamiyatini o’rganish; 

Xitoy va Singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish jarayonlarini 



tahlil qilish. 

Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi.  Xitoy  Xalq  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  shakllanish  tendensiyalari  xorijlik  olimlar  Ya.Berger,Yu.Ya.Velikomislov, 

V.Gelbras,  xitoylik,  L.Delyusin,  LyuGoguan,  D.Djundjun,  Fam  Thi  Lan  An,  Szyan  Lan 

hamda o’zbek  olimlaridan G.Melibayeva,  R.Alimov, B.Sadibekova,  E.Mahmudovlarning 

ilmiy  ishlarida  mazkur  masalaning  alohida  va  sohalar  bo’yicha  jihatlari  o’z  ifodasini 

topgan. 

Mavzuning  predmeti  va  ob’yekti.  Mavzuning  ob’yekti  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

bilan Singapurning tashqi iqtisodiy faoliyati istiqbollari hisoblanadi. 

Mavzuning  predmeti  esa  Xitoy  Xalq  Respublikasi  va  Singapurda  iqtisodiy 

aloqalarning  shakllanishi, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’ziga hos ustunlik  taraflari 

hamda tashqi investitsiyalarni jalb qilishdagi har bir mamlakatning o’ziga hos yo’nalishlari 

hisoblanadi. 

Mavzuning  ilmiy  yangiligi.  Xitoy  va  Singapurning  jahon  xo’jaligida  tutgan 

o’rnining aniqlanganligi tadqiqot ishining yangiligini belgilaydi. 

Ishning  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish  qismi,  2  ta  bob,  5  paragraf,  xulosa 

hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. 

 

 



 

 

 




 

I BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING NAZARIY 



ASOSLARI 

1.1. 


Tashqi iqtisodiy aloqalarning nazariy asoslari 

Jahon iqtisodiyotininng rivojlanishi munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan 

ko’rinishi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar hisoblanadi. Zero, har qanday  mamlakat uchun  tashqi 

iqtisodiy aloqaning roli kattadir. 

J.Saksning  fikricha  «Dunyodagi  har  qanday  davlatning  iqtisodiy  muvoffaqiyati 

tashqi  savdoda  tug’iladi.Hozirgi  davrgacha  hech  bir  mamlakat  jahon  iqtisodiy  tizimidan 

ajralgan holda sog’lom iqtisodiyot hosil qila olgani yo’q». 

Mamlakatlar  iqtisodiyotidagi  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  o’zgarishlar,  sanoat 

ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi  va  kooperatsiyalashuvi,  milliy  xo’jaliklarning  o’zaro 

hamkorligini  kuchaytirmoqda.  Bu  esa  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  faollashuviga  imkon 

yaratmoqda. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  bu  -  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari  va  faoliyatning 

boshqa sohalarida davlat va uning sub’yektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari 

tizimidir. 

Umuman  olganda  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  bugungi  kundagi  asosiy  yonalishi 

sifatidatashqi  savdo  faoliyati  namoyon  bolmoqda.  Jahon  iqtisodiyotida  tovar 

ihtisoslashuviga  ko’ra  tayyor  mahsulotlar  savdosi,  mashina  va  uskunalar  savdosi,  xom-

ashyo savdosi va xizmatlar savdosiga bo’linadi. 

Dunyodagi  barcha  mamlakatlarning  xaq  to’lanadigan  tovar  aylanmasi  yig’indisi 

xalqaro savdo deb ataladi. 

Xalqaro  savdo  tushunchasi  torroq  ma’noda  ham  ishlatiladi.  Masalan,  sanoati 

rivojlangan  davlatlar  tovar  aylanmasi  yig’indisi,  rivojlanayotgan  davlatlar  tovar 

aylanmasining yig’indisi va x.k. 

Barcha  davlatlar  oldida  tashqi  savdo  bo’yicha  milliy  siyosat  tanlash  muammosi 

yotadi. Ikki asr mobaynida bu mavzuda tortishuvlar ketyapti. 

Erkin savdo yoki protektsionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo’lsa shu holda 

saqlash oldingi asrlarning xarakteri edi. Bizning davrimizda bu ikki 



 

yo’nalish  o’zaro  bog’liq.Ammo  ko’p  hollarda  bu  qarama-qarshi  birlik  erkin  savdo 

tamoyilining bosh rolini bajaradi. 

Erkin savdo siyosatiga birinchi bo’lib A.Smit tomonidan ta’rif berilgan.Adam Smit 

«ayirboshlash  har  bir  mamlakat  uchun  foydalidir,har  bir  mamlakat  bunda  mutloq 

ustunlikka ega bo’lishini» ta’kidlagan. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi 

bo’lgan va erkin savdo siyosatining har kanday shakli uchun asos bo’lib kelgan. 

D. Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» (1817yil) ishida boshi 

berk  ko’chadan  klassik  nazariyani  olib  chiqdi.  U  xalqaro  ixtisoslashuv  mezonlarini 

ajratgan  holda,  davlatlar  uchun  qanday  holatlarda  davlatlararo  ayrboshlash  manfaatli 

ekanini  ko’rsatib  berdi.Har  bir  davlat  uchun  ustunlik  qilgan  yoki  kuchsizligi  nisbatan 

kamroq  bo’lgan  sohaga  ixtisoslashish  manfaat  keltiradi.Uning  muhokamalari  ustunliklar 

taqqoslanishi nazariyasi yoki pritsipida o’z aksini topdi. 

D.Rikardo xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatlidir. U 

ayirboshlash barcha uchun foydali bo’lgan narx zonalarini aniqladi. 

Dj.Styuart  Mill’  o’zining  «siyosiy  iqtisod  asoslari»(1848yil)  ishida  qanday  narxda 

ayirboshlash amalga oshirilishini ko’rsatdi. Mill’ning fikriga ko’ra ayirboshlash narxi talab 

va taklif qonuniga ko’ra ,har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini 

qoplaydigan darajada belgilanadi. Mill’ning muhim xizmatlaridan biri uning Xalqaro Narx 

qonuni yoki «xalqaro narx nazariyasi»dir. Xalqaro Narx qonuninig ta’kidlashicha, shunday 

narx mavjudki u davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narxi 

talab va taklifga bog’liq. 

Xalqaro  Savdo  oqimini  nima  bilan  aniqlanishi  va  uning  tarkibini  Eli  Xeksher  va 

Bertil’  Olin  o’zlarining  zamonaviy  qarashlarida  aks  ettirganlar.  Ular  nisbiy  ustunlik 

tushunchasini  quyidagicha  izohlaganlar:  u  yoki  bu  davlatning  ma’lum  bir  tovarlarga 

ihtisoslashishi ularning ishlab chiqarish omilariga egalik darajasiga bog’liq. E.Xeksher va 

B.Olin «narxlarning ishlab chiqarish omillariga tenglashtirish» teoremasini ilgari surdilar. 

6



1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar Samuelson va V Stolper o’z teoremalarini 

kiritib  Xeksher-Olin  teoremasining  isbotini  mukammallashtirdilar:  ishlab  chiqarish 

omillari,  texnika  bir  xil  bo’lsa,  mukammal  raqobat  va  tovarlarning  to’la 

xarakatchanligi mavjud bo’lganda xalqaro ayirboshlash ishlab chiqarish omillarining 

davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi. 

Keyingi  yillarda  V.Leont’yev  ixtirosi  keng  rezonans  oldi.Turli  davlatlarning 

ko’plab  iqtisodchilari  «Leon’yhev  paradoksini»  tushuntirib  bu  mavzuda 

tortishdilar.Natijada  nisbiy  ustunlik  nazariyasi  yanada  rivojlandi.  Unga  texnik 

rivojlanish va uni taqsimlanishining teng emasligi, mablag’larni firmadan tashqarida 

iqtisod qilish, davlatlardagi ish xaqining farqi va boshqa tushunchalar kiritildi. 

1991  yilda  amerikalik  iqtisodchi  Maykl  Porter  o’zining  “Mamlakatlarning 

raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro 

savdo  muammolariga  umuman  yangicha  yondashuv  ishlab  chiqilgan.  U 

yondashuvning  shartlaridan  biri:  “Xalqaro  bozorda  mamlakatlar  emas,  firmalar 

raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat 

ustunligini  qanday  yaratishi  va  uni  qanday  ushlab  turishini  tushunish  talab  etiladi” 

degan  tezisdir.  Tashqi  bozordagi  muvaffaqiyat  to’g’ri  tanlangan  raqobat 

strategiyasiga bog’liq bo’ladi. 

M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan 

foydalanishning ikki usulini ajratadi: 

1)  faoliyatni  tartibga  solish  (konfiguratsiya),  uni  o’ziga  xos  xususiyatlaridan 

foydalanish  maqsadida  turli  mamlakatlarda  faoliyatning  turli  ko’rinishlarini 

joylashtirish. 

Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi: 

-omillarning minimal qiymati; 

-ITTKI ni o’tkazish uchun zarur qarorlarning mavjudligi; 

-maxsus ko’nikmalarning mavjudligi; 

-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar. 

2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. U o’z ichiga: 


Download 497.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling