Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
-mahlumot almashinuvini; 8
Download 497.95 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari
7
-mahlumot almashinuvini; 8
-javobgarlikni taqsimlashni; -xatti-harakatlarning kelishishni oladi. Raqobatustunligining determinantlari.har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt xususiyatni ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir qiladigan mahalliy firmalar raqobatlashadi. 1.2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotning rivojlanishida tutgan o„rni va ahamiyati Singapurning Xitoyga bo„lgan diplomatik munosabatlari quyidagi nazariy savolni yuzaga chiqardi, ya’ni qanday qilib va nima uchun shunday kichik bir davlat o„z oldiga mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib, Sharqiy Osiyoda barqaror iqtisodiy rivojlanishga, demokratik va ko„p millatli xalq sifatida kuchli davlatga aylanish kabi masalalarda kuch topa oldi. Uning tashqi siyosati natijalari bo„shliq kabi shakllanishi mumkin emas, shuning uchun Singapur davlatining Xitoyga qaratilgan tashqi siyosati quyidagi asosiy dastur va Л tamoyillar asosida tahlil va imtihon qilinishi lozim . Singapur davlatining istiqboli nuqtai nazaridan quyidagicha: Birinchidan asosiy tamoyil sifatida iqtisodiy rivojlanish negizida hayot kechirish, demokratik va ko„p millatli davlat sifatida xavfsizlikni ta’minlash hisoblanardi. Shunday ekan, Singapur davlatining Xitoyga qaratilgan siyosatining eng asosiy maqsadlaridan biri, bu Singapurliklarning munosib hayot kechirishlari va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishlarini qo„llab-quvvatlashdir. Ikkinchidan, Singapur tashqi siyosati muayyan bir qat’iy belgilangan g„oyaga asoslanmagan. Singapur o„z milliy ichki dunyo qarashlariga mos keladigan, turli xil siyosiy qarashlar va g„oyalar xilma-xilligini hurmat qiladigan har qanday davlat bilan diplomatik aloqalarni o„rnatish tarafdoridir. 9
Uchinchidan, Singapur erkin savdoga ishonadi va o„zaro ishonchga asoslangan har qanday davlat bilan erkin savdo aloqalarini amalga oshirishi mumkin. To‘rtinchidan, Singapur o„z qo„shni davlatlari bilan o„zaro tinchlik tamoyiliga asoslangan munosabatlarni qurishga ishonadi va ASEAN qobig„ida faoliyat yuritadi. Geografik joylashuv nuqtai nazaridan Malayziya va Indoneziya davlatlari Singapur tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Singapurning kelajagi Malayziya va Indoneziyaning kelajagiga juda yaqin bog„liqdir. Geo-strategik yondoshuvlar Singapur-Xitoy munosabatlarida e’tiborga molik jihatdir, ayniqsa Singapur mustaqilligining ilk davrlarida muhim ahamiyat kasb etardi. Hayot kechirish (tirikchilik) eng birinchi darajali masala edi, Singapurning Xitoy bo„yicha siyosati ham ichki, ham tashqi ehtiyojlar uchun funksionallik ahamiyat kasb etardi. Beshinchidan, Singapur Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan xalqaro siyosiy aloqalarda o„zaro tenglik tamoyiliga ishonadi. Shuning uchun Singapur barcha qonuniy manfaatlarni (qiziqishlarni) qo„llab-quvvatlaydi va ushbu hududda Xitoy, Yaponiya, AQSH va Rossiya kabi davlatlarning bo„lishini e’tirof etadi. Oltinchidan, Singapur jahon tinchligiga ishonadi va u BMT Nizomining tinchlik masalalarini qo„llab-quvvatlaydi va unga chorlaydi. 1965 yildan beri boshlangan Singapur-Xitoy munosabatlarining tamal-toshi sifatida “iqtisodiy chorlov” qiyosini keltirish mumkin. 1965-1975 yillar davomida, ayniqsa Xitoydagi Madaniy Inqilob (keyingi o„rinlarda MI) davrida ya’ni barcha g„oyaviy bahs-munozaralar, o„zaro gumon va adovatlar avj olgan vaqtlarda, hatto 1969 yildagi Xitoy Banki inqirozi davrlarida ham iqtisodiy manfaatlar eng muhim yondoshuv hisoblangan. 1970 Xitoyning Singapur bo„yicha siyosatini shakllantirishda iqtisodiy ratsionallik yondoshuvi muhim omil hisoblangan va bu tarixan Xitoyning Janubiy- Sharqiy Osiyoda o„ziga xos mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu fikr 15 asrning boshlarida yashab o„tgan Zen Xi (1405-1433)ning Janubi-Sharqiy Osiyoga etti kunlik sayohati asari bilan qo„llab-quvvatlanishi mumkin. Shuningdek, 19 asrda yuz bergan “Qoradori Urushi” (1840-1842) davridan keyin hamda Gong Kongning Britaniya qaramligi ostida tashkil topishi Singapurni Xitoy uchun Janubi-SHarqiy -5
10
Osiyodagi asosiy markaz sifatida rivojlantirishga turtki berdi . Singapur istiqboli uchun bu tarixan biror bir tabiy resurslarga ega bo„lmagan shunchaki shahar sifatida emas, balki barcha davlatlar uchun, shu jumladan Xitoy uchun ham savdo-sotiq munosabatlarini amalga oshirishda markaziy o„rin egallaydigan shahar sifatida muhim ahamiyat kasb etardi. Uning strategik va qulay geografik joylashuvga ega ekanligi Malayziyadan Xitoyga savdo eksportini amalga oshirish, Xitoydan esa butun Janubiy-Sharqiy Osiyoga tovarlarni etkazib beruvchi markaz sifatidagi o„rnini istiqbollaydi 2 .
uning savdo va investitsiya munosabatlarida Pekinning 10ta eng yirik iqtisodiy hamkori sifatida tan olinishi bilan izohlash mumkin. Shu bilan bir qatorda, Singapur Xitoy uchun yirik tashqi mehnat resurslariga ega bo„lgan hamda ikkinchi yirik tashqi shartnomaviy muhandislik bozori sifatida muhim ahamiyatga ega. O’z navbatida Xitoyning Singapurga bo„lgan maxsus qiziqishini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchi eng muhim omil bu Singapurning qulay strategik joylashuvi va infrastrukturasi. Xitoy Singapurni o„zining Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng qulay xalqaro savdo sherik sifatida ko„radi. Misol uchun, Singapur neftni qayta ishlovchi markaz sifatida Texasdagi Xyustondan keyingi dunyodagi ikkinchi markaz hisoblandi. 1970 yillardagi neft konlarining ochilishi Xitoyni Singapur orqali xalqaro bozordagi neft mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish imkonini berdi. Singapur o„zining nafis texnologiyasi, bilim, mehnat resurslari va sanoat boshqaruvidagi tajribalarini Xitoy bilan o„rtoqlashdi. Sujou Sanoat Zonasi (SSZ) loyihasi Singapurni o„z zamonaviy boshqaruv tajribalarini Xitoy uchun namoyon eta oldi. Xitoy Singapurni Janubiy-Sharqiy Osiyoda (530 million aholi) birinchi qadamni qo„yishdagi asosiy hududiy markaz sifatida e’tirof etdi. Buni juda ko„plab Xitoy kompaniyalarining Singapurda faoliyat ko„rsatayotganliklaridan ham ko„rish mumkin. Singapur Xitoy uchun yirik bozorlar va investitsiyalarni jalb qiluvchi
Download 497.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling