Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida g’aznachilik tizimining modellari turlicha bo’lib, ularning vazifalari bir-biridan farqlanadi. - 1-bosqich. Tarmoq, vazirliklar va idoralar hisobraqamiga tushadigan byudjet mablag’larining hajmini tasdiqlash.
- 2-bosqich. Soliq organlari orqali byudjetning daromad qismini amalga oshirish va tasdiqlangan xajmlariga binoan byudjet oluvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlariga etkazib berish.
- 3-bosqich. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirilishi.
- Byudjetdan mablag’ oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqimiga tushgan mablag’ Moliya vazirligi va uning joylardagi moliya organlarining nazorati doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Bu mablag’larning nazorati tijorat banklarining o’ziga yuklatiladi.
G’aznachilik tizimi davlatning markaziy hukumati va xududlardagi boshqaruv organlarining asosiy moliyaviy xizmatlarini ta’minlaydi. - Bu xizmatlar qatorida: davlat mablag’lari to’lovlarini amalga oshirish, mablag’lar harakati hisobi va hisobotini ta’mimlashi, fiskal hisobot va boshqalar ko’rsatiladi. Rivojlangan davlatlar moliya vazirligi va boshqa tarmoq vazirliklari uchun davlat moliyasini shakllantirish, ijro qilish va nazorati bo’yicha funktsional bog’liq tarzda kompyuter tizimini tuzadi va doimiy ravishda takomillashtiradi. Shu bilan birga, bu yaxlit – integrallashgan tizim, ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlari, byudjetning barcha darajadagi mahalliy byudjetlarga ishlov berish, davlat qarzini boshqaruv vazifalarini optimallashtirish, byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va birlashtirish, mahalliy moliya organlari va boshqa tashkilotlarining moliyasini boshqarish funktsiyalari uchun alohida ixtisoslashgan dasturlarni o’z ichiga oladi.
Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlari modellari
Rossiya G’aznachilik Departamenti
Latviya G’aznachilik xizmati
Ispaniya Gaznachilik bosh Direktorati
Avstraliya G’aznachilik Departamenti
Buyuk Britaniya G’aznachilik Bosh idorasi
Fransiya davlat G’aznasi
Yaponiya Gaznachilik Bo’limi
Qozog]iston G’aznachilik Qo’mitasi
Do'stlaringiz bilan baham: |