Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga EGA bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yo‘riqnoma


Download 14.6 Kb.
Sana22.07.2020
Hajmi14.6 Kb.
#124462
Bog'liq
Yo'riqnoma


Xorijiy mamlakatlardan kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun
YO‘RIQNOMA

1. 2020 yil 30 iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga kirib kelishda karantin muddatini nafaqat maxsus karantin markazlarida, balki karantinga olinayotgan shaxslarning o‘z hohishiga ko‘ra mehmonxonalarda ham o‘tash imkoniyati mavjud.

2. Mehmonxonalarga 14 kunlik karantinga “qizil” reyslar bilan kirib kelayotgan shaxslar olinadi.

3. Mehmonxonalarda karantin muddatini o‘tash va xizmat ko‘rsatish pullik asosda amalga oshiriladi. Joylashtirish narxi oldindan maʼlum qilinadi, mehmonxona narxi jihatdan 3 xil toifasi taklif etildi. Mazkur toifalar bo‘yicha shakllantirilgan mehmonxonalar ro‘yxati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy veb-sahifasi va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali olish mumkin.

4. Mehmonxonalarda turishni istamagan shaxslar maxsus karantin markazlariga karantin davrini o‘tash uchun yuboriladi.

5. Mehmonxonalar tomonidan yetkazib kelingan, lekin karantin vaqtini mehmonxonalarda o‘tkazishni hohlamagan fuqarolar karantin markazlariga ushbu fuqarolarning o‘z hisobidan yo‘l patrul xizmati xodimlari kuzatuvi ostida yetkaziladi va belgilangan tartibda vaqtincha karantinda saqlanadi.

6. Mehmonxonalarda karantin muddatini o‘tash istagini bildirgan fuqarolar xalqaro aeroportga, chegara o‘tkazish punktlariga yetib kelganidan so‘ng belgilangan mehmonxona nomiga ariza to‘ldiradi.

7. O‘zbekiston hududiga kirib kelgach mehmonxonada yoki maxsus karantin markazlarida karantin muddatini o‘tash istagini bildirgan shaxslar alohida transport vositasi orqali hamda ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvi ostida o‘zlari tanlagan toifadagi mehmonxonalarga yetkazib boriladi va joylashtiriladi. Transport va kuzatuv harajatlari umumiy mehmonxona xizmatlar narxining ichiga kiritiladi.

Bunda fuqarolar eng arzon narxlar taklif etgan mehmonxonalarga birinchi navbatda joylashtiriladi.

8. Mehmonxona xizmatlari uchun to‘lov unga joylashgandan so‘ng uch kun mobaynida to‘lanishi lozim. To‘lovni amalga oshirmagan shaxslar maxsus karantin markazlariga ko‘chiriladi. Pul to‘lamagan shaxslar maxsus karantin markazlariga olib kelingan kundan boshlab 14 kunlik muddatga karantinga olinadi.

9. Fukarolar mexmonxonalarda karantinga joylashtirilganidan so‘ng, ulardan 1 sutka ichida va 11 kundan keyin takroriy koronavirus uchun polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi olinadi.

10. Mehmonxonalarda 24 soat uzluksiz tibbiyot xodimlari navbatchiligi amalga oshiriladi. Mehmonxona sanitariya xavfsizlik meʼyorlari va standartlari talablariga muvofiqlashtiriladi va doimiy tarzda sanitariya-epidemiologiya markazlari nazorati ostida dezinfeksiya va boshqa profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi va joylashtirilgan shaxslar himoya vositalari, shu jumladan tibbiy niqob va bir martalik qo‘lqop bilan taʼminlanadi.

11. Tibbiyot xodimlari karantinda saqlanayotganlarning holatini kuniga kamida 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Kasallikka chalinganlikda gumon qilingan yoki yuqori haroratli shaxslar tashkil qilingan izolyatorga joylashtiriladi va ulardan qo‘shimcha polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamalari olinadi.

12. Mehmonxonalarda karantinga olingan fukarolarla koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar aniqlangan taqdirda ularning shifokor xulosasi bilan hududiy sog‘likni saqlash boshqarmalari tomonidan boshqa tegishli davolash muassasalariga ko‘chiriladi.

13. Mehmonxonalarda toifadan kelib chiqib standart menyu asosida sifatli 3 martalik ovqatlanish taʼminlanadi. Alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish taʼqiqlanadi. Ovqatlanish yashash uchun ajratilgan xonalarda amalga oshiriladi.

14. Karantin muddati o‘talayotgan mehmonxonalar ham karantin zonasi hisoblanadi va mazkur obyektlarga karantinga olinuvchilarni yetkazib kelish va u yerda izolyatsiyada saqlash ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Mehmonxonalardagi karantin zonalarin tark etish taʼqiqlanadi.

15. Karantinga olingan shaxslar xalqaro aeroportlar, chegara o‘tkazish punktlaridan mehmonxonaga yetkazib kelish va mehmonxonalarda karantin muddatini o‘tash vaqtida o‘rnatilgan sanitariya-gigiyena qoida talablariga, shu jumladan, himoya vositalaridan (niqoblar) foydalanish, polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamalari topshirish, ijtimoiy masofani saqlash va izolyatsiya qoidalariga qatʼiy rioya qilishga majburdir.

16. Mehmonxonalarga shaxsiy buyumlarni olib kirish faqatgina sanitariya-gigiyena tozalashdan so‘ng amalga oshirish mumkin. Mehmonxonalarda mobil aloqa vositasini ishlatishga ruxsat beriladi.

17. O‘zbekiston Respublikasiga yetib kelgan yo‘lovchilarni kelish, tegishli obyektlarga olib borish va karantin muddatini o‘tashning barcha bosqichlarida qarindoshlar va tanishlar bilan ko‘rishish taʼqiqlanadi.

18. Karantin muddati (14 kunlik) yakunlangach sog‘lik holati tekshirilib, PZR laboratoriya test sinamalari kasallik mavjud emasligini tasdiqlaganidan so‘ng shaxslar mehmonxonani tark etishlari mumkin.

Namuna

_______________________

Mehmonxonasi rahbari

_________________________ ga

fuqaro ______________________ dan

Ariza

Men __________________________________________________________

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berilganligi munosabati bilan davlat tomonidan bepul asosda tashkil etilayotgan karantin majmualarida joylashtirishni rad etgan holda, ___________________ sana oralig‘ida Sizning mehmonxonangiz xizmatidan foydalanish istagim bor.

Mehmonxona xizmati bo‘yicha xarajatlarni unga joylashgach, uch kun ichida to‘liq to‘lashga kafolat beraman.

Mehmonxonada yashash uchun to‘lovlarni uch kun davomida to‘lamasam qarzdorlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishiga roziman.

JOYLASHUV TANLOVI
Karantin davrini quyidagi narx toifasini mehmonxonada o‘tashni istayman (belgilash shart)

a) quyi toifali (1 sutka uchun 300 ming so‘mgacha)

b) o‘rta toifali (1 sutka uchun 500 ming so‘mgacha)

v) yuqori toifali (1 sutka uchun 500 ming so‘mdan yuqori)


Aloqa maʼlumotlarim: +99898 __________________________

Manzilim: ___________________________________________

To‘lov uchun kafil bo‘lgan shaxs: ______________________________ (ism, familiyasi, qarindoshlik/tanishlik darajasi)

Qo‘shimcha telefonlari: +99898 ________________________



_____________ 2020 yil
_______________ (imzo)
Download 14.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling