Xorijiy til (ikkinchi chet tili: ingliz tili) fanidan ishchi o‘quv dastur
Download 91.02 Kb.
|
3 kurs 2chet tili ishchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORIJIY TIL (IKKINCHI CHET TILI:INGLIZ TILI) FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR (2021-2022 o‘quv yili 3 kurs) Bilim sohasi
- Urganch – 2021
- I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TIL (IKKINCHI CHET TILI:INGLIZ TILI) FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTUR (2021-2022 o‘quv yili 3 kurs) Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar Ta’lim sohasi 120 000 – Gumanitar fanlar Bakalavriat yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish(ingliz tili)
Urganch – 2021 Ushbu ishchi dastur bakalavrning 5120100 - «Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari)» yo‘nalishi uchun O‘z.R OO‘MTV tomonidan 05.07.2018 yil tasdiqlangan va 26.06.2018 yil № BD 5120100 – 2.01 raqam ostida ro‘yxatga olingan. Mazkur ishchi dastur UrDU Kengashi tomonidan ___._____20___ yilda № __ bayonnomaga asosan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: Norbayev O’. S Xusainova Sh. E. Taqrizchi: kafedra dotsenti Raximova G.YU. Ishchi dastur Roman-german filologiyasi kafedrasida ___. __. 20___ yilda muhokama qilindi (bayonnoma № ___ ) Kafedra mudiri katta o‘qituvchi, Abdullaeva G.E. Ishchi dastur Xorijiy filologiya fakulteti Kengashida __.__.20__ yilda tasdiqlandi. Xorijiy filologiya fakul’teti dekani: dotsent Jumaniyazov Z.O. I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Bugungi kunda barcha sohalarda bir necha tillarni o‘zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyoj mavjud. Mehnat bozoridagi ehtiyojni qondirish, talabalarning kasbiy moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida asosiy o‘rganilayotgan chet tilida tashqari yana bir tilni o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan doirasida g‘arb va sharq tillari ikkinchi chet tili sifatida o‘qitiladi. Ikkinchi chet tilini o‘qitishda til egallashning xalqaro e’tirof etilgan – CEFR (Common European Framework of Reference), HSK (Hanyu Shuiping Kaoshi - xitoy tili bo‘yicha tilni o‘zlashtiriish darajasi), TOPIK (Test of Proficiency In Korean), JLPT (Japanese Language Proficiency Test), TÖMER (Türkçhe Öģretim Merkezi),Certificate of Egyptian Colloquial Arabic (ECA), Certificate of Modern Standard Arabic (MSA) kabi hujjatlarda ko‘zda tutilgan me’yorlarga alohida e’tibor qaratiladi. Kurslar va semestrlar kesimida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va til bo‘yicha egallangan bilimlarni nazorat qilishda darajalar tavsifida berilgan kompetensiyalar o‘zlashtirilganligi inobatga olinadi. Mazkur me’yorlarga muvofiq ushbu dastur doirasida talabalarga o‘rganilayotgan ikkinchi chet tilini B2 (mustaqil muloqot darajasi) darajada o‘rgatish nazarda tutiladi. Dasturni tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” to‘g‘risidagi 124-sonli qarorlarida belgilangan me’yorlar e’tiborga olindi. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling