Xorijiy tillar fakulteti fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fanidan


Download 53.7 Kb.
bet14/15
Sana05.01.2022
Hajmi53.7 Kb.
#219735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ishchi dastur

Uchinchi daraja- tilni ona tili darajasida bilish va qo'llay olish: Cl,turli mavzulardagi yirik,murakkab matnlarni tushuna olish va ulardagi masalalarning tub mohiyatini ocha olish, so'z va iborani tanlashda qiynalmasdan tez va ravon gapira olish; C2- har qanday o'qigan yoki eshitgan xabarlarini hech qanday qiyinchiliklarsiz tushuna olish, o'z fikrini ravon aniq ifodalay olish.

Ta'lim tizimida barcha bosqichlarda chet tillarni uzluksiz o'rganish tashkil qilinadi, shuningdek o'qituvchilar malakasini oshirishda, hamda o'quv-uslubiy materiallardan foydalangan holda (teleko'rsatuv, radio eshittirish, e'lonlar, yangiliklar va hakazo) tinglab tushunish, xorijiy tilda turli janrdagi audio va video matnlarni eshitib, asosiy ma'nosini tushuna olish;

Dastur "Chet tili" fani ingliz, nemis, fransuz tilini amaliy jihatdan talabalarga o'rgatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Dasturda bu fanning asosiy tushuncha va atamalari o'rganilishi ko'zda tutilgan. Mashg'ulotlar zamon talabiga javob beradigan pedagogika texnologiyalrini keng qo'llagan darajada olib borilishini taqoza etib, ingliz nemis, fransuz tilini bugungi kun talabiga javob beradigan darajada mukammal o'rganishga qaratilgan.

"Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)" fani "Ingliz, nemis, fransuz tili nazariy grammatikasi", "Ingliz, nemis, fransuz tili amaliy grammatikasi", "Ingliz, nemis, fransuz va o'zbek tillari qiyosiy tipologiyasi", "Ingliz, nemis, fransuz tili tarixi", "Ingliz, nemis, fransuz tili amaliy fonetikasi" va "Ingliz, nemis, fransuz adabiyoti tarixi" fanlari bilan o'z mohiyatidan kelib chiqqan holda uzviy bog'langandir.

Pedagogika universitetida ingliz, nemis, fransuz tili fanining maqsadi talabalarda lingvistik, kommunikativ va lingvomamlakatshunoslik ko'nikma va malakalarini hamda madaniyatlararo muloqat qobiliyatini shakllantirish talim jaroyonining asosiy mazmuniga aylanib, amaliy, ta'limiy, tarbiyaviy va rivoj Iantiruvchi maqsadlariga erishishda muhim o'rin tutadi. Lingvomamalakatshunoslik kompetentsiyasi deganda tili o'rganilayotgan mamlakatning ayni paitdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini aks ettiruvchi nutqiy muomala madaniyati nazarda tutiladi.

Ta'lim maqsadini anglab yetish o'qitishning umumiy yo'nalishi (strategiyasi) ni anglab olishga yordam beradi. Joriy dasturga ko'ra nutq faoliyati turlaridan faqat og'zaki va yozma nutq ko'nikmalarini talabalarda shakllantirish, fikrlash, izohlash, tahlil qila bilish qobiliyatlarini ta'lim jarayonida vujudga keltirish ta'limning asosiy vazifalariga ailangan.

Bu maqsad o'rganilayotan tilni adaptiv darajada konkret pedagogik muomala malakalarini egallashni (o'quvchilarning intelektuall faoliyatini boshqarish, nutq faoliyatini muayyan maqsadga yo'naltirish, nutq faoliyatini tashkil etish, uni nazorat qilish (va h.) ni qamrab oladi.

Mazkur dastur mazmuni asosan chet tilga o'rgatishda og'zaki va yozma nutq amaliyotini o'z qamroviga olib, hajmi, maqsadi, ish uslubi va nazariy kurslar bilan aloqadorligiga ko'ra to'rt bosqichga bo'lib o'rganishni ko'zda tutadi.




Download 53.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling