Xorijiy tillar fakulteti fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fanidan
Sirtqi ta’lim talabalari uchun sessiya oraliq nazorat ishlarini tayyorlash tartibi
Download 53.7 Kb.
|
Ishchi dastur
Sirtqi ta’lim talabalari uchun sessiya oraliq nazorat ishlarini tayyorlash tartibi.
Sirtqi ta’lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo‘lim yakuni bo‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bo‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan boblar, bo‘limlar, mavzular yoki to‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi. Sessiya oraliq nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bo‘yicha to‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bo‘yicha “ikki”, “uch”, “to‘rt”, “besh” shaklida baholanadi. Fanning boblari, bo‘limlari va mavzulari bo‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan “ikki”, “uch”, “to‘rt”, “besh” baholar o‘zaro taqsimlanadi. Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bo‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qo‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-o‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim. Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo‘limi alohida mustaqil ish turini qo‘llashdan iborat topshiriqlar to‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo‘yicha tuzish mumkin: 1. Fan bo‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo‘yicha aniq savollar ro‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo‘lishi mumkin). 2. Har bir fan bo‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak). 3. Har bir mavzu bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bo‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi. 4. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to‘plamini tayyorlash. 5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba o‘tkazish mavzulari banki yaratiladi. 6. Talabaning o‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga alohida individual variantdan iborat bo‘ladi. Sirtqi bo‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari o‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Sirtqi bo‘lim”ga taqdim etiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida fan o‘qituvchilari tomonidan baholanadi. Fan bo‘yicha yakuniy baholash uchun yakuniy nazorat (kamida 200 ta) va test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanib, yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Download 53.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling