Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti


FANNI O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASHGA QARATILGAN SAVOLLAR TO‘PLAMI


Download 1.8 Mb.
bet108/115
Sana18.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1558198
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili majmua

FANNI O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASHGA QARATILGAN SAVOLLAR TO‘PLAMI.
1. Fonema nima?
2. Fonemalarning differensial va integral belgilarini qanday tushunasiz? Bu belgilarning tilda qanday roli bor?
3. Fonologik oppozitsiya (zidlanish) nima? Korrelyatsiya-chi?
4. Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi?
5. Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan?
6. O'zbek tili konsonantizmida korrelatsiyaning qanday turlari bor?
7. O'zbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud?
8. Vokalizm sistemasining shakllanishida tilning ko'tarilishi, tilning yotiq harakati va lablarning ishtiroki qanday rol o'ynaydi? Ulardan qaysilari unli fonemalarning fonologik belgilarini shakllantiradi?
9. Fonema ottenkalari va fonema qatori nima?
10.Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan?
11. Fonema ottenkalaridan birining o'rnida ikkinchisini qo'llab bo'ladimi?
12. Fonemalarning variatsiya va variantlari qanday farqlanadi?
13.Fonemalarning mo'tadillashuvi (neytrallashuvi) va arxifonema (giperfonema) tushunchalarini qanday izohlaysiz?
14. Lotin o‘zbek yozuvining fonografik xarakterini qanday tushunasiz?
15. Harfiy va noharfiy belgilar tizimiga nimalar kiradi?
16. Grafema nima?
17. Nima uchun grafemalar bilateral hodisa sanaladi?
18. Grafemaning ifoda va mazmun planlarini (ifodalovchi va ifodalanuv- chilarini) nimalar tashkil etadi?
19. Grafemaning qanday tiplari bor?
20. Fonografema, prosodemografema, logografema, morfografemalar va simvojlar qanday farqlanadi?
21. Monograf, digraf va trigraflar nima?
22. Monofonemali va polifonemali grafemalar qanday farqlanadi?
23. Analitik grafemalarni qanday tushunasiz?
24. Orfografik va diakritik belgilar yozuvda qanday vazifalarni bajaradi?
25. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursi nimani o'rganadi?
26. Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilgan?
27. Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari?
28. Adabiy til bilan dialekt, sheva va funksional stillar o'rtasidagi munosa- batlar va tafovutlar nimadan iborat?
29. Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi?
30.Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday tushunasiz?
31.Adabiy tilning vazifa doirasi?
32. O'zbek tilining davlat tili maqomi qanday hujjatlar bilan kafolatlangan?
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari.

  1. Milliy til va adabiy til.

  2. Undosh fonemalaming paradigmatik munosabati.

  3. Undosh tovushlarning sintagmatik munosabati.

  4. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qiyosiy tahlili.

  5. Fonologiyaning jahon va o‘zbek tili miqyosida o‘rganilishi.

  6. Imlo muammolari.

  7. Fonologik oppozitsiyalar tahlili

  8. Kombinator omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalar.

  9. Pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalar.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling